O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

© Foto: MNO UzbekistanaLazizbek Rajabboyev
Lazizbek Rajabboyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna bo‘lish
Oslo shahrida o‘tkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev Norvegiyaning Oslo shahrida o‘tkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
6-16 iyul kunlari o‘tkazilgan olimpiadada dunyoning 104 ta davlatidan 589 nafar o‘quvchi qatnashgan. O‘zbekiston sharafini Lazizbek Rajabboyev, Anvarbek Rahmatov, Jasurbek Ro‘ziboyev (Buxoro viloyati), Iskandar Bo‘riyev, Jaloliddin Xolmatov (Toshkent shahri) va Tohirbek To‘lanov (Farg‘ona viloyati) himoya qilishgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, bronza medali uchun Lazizbek Rajabboyev 60 mln so‘m, uning o‘qituvchisi esa 45 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, medal sohibi oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0