https://oz.sputniknews.uz/20220717/metan-gazi-narxlarini-suniy-oshirgan-shoxobchalarga-chora-koriladi--mqkq-26262029.html
Metan gazi narxlarini sun’iy oshirgan shoxobchalarga chora ko‘riladi — MQKQ
Metan gazi narxlarini sun’iy oshirgan shoxobchalarga chora ko‘riladi — MQKQ
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilmoqda. 17.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-17T11:24+0500
2022-07-17T11:24+0500
2022-07-17T11:24+0500
iqtisod
monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (mqkq)
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261870_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b6d5d0fe9559d7f68a58b7bf94fa384c.jpg
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ) avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan taqdirda ularga tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi.Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda gaz quyish shoxobchalarida 15-iyuldan boshlab metan narxi oshgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Qo‘mita xabar yuzasidan tezkor o‘rganish ishlarini o‘tkazgan.O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida bugungi kunda 1 kub metr metan gazining narxi barqaror ravishda o‘rtacha 2300 so‘mdan 2800 so‘mgacha sotilayotgani aniqlangan.Ta’kidlanishicha, metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilmoqda va shoxobchalar metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘riladi.Vazirlar Mahkamasining 14-iyuldagi qaroriga muvofiq yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. Shunga qaramay, ayrim gaz quyish shoxobchalarida 15-iyuldan boshlab metan narxi oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi holatga munosabat bildirib, metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘qligini ma’lum qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261870_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_52f4cbf555f5ccf4455d86e50bed28cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (mqkq), gaz
iqtisod, monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (mqkq), gaz
Metan gazi narxlarini sun’iy oshirgan shoxobchalarga chora ko‘riladi — MQKQ
Ta’kidlanishicha, metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilmoqda.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ) avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan taqdirda ularga tegishli chora ko‘rilishini
ma’lum qildi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda gaz quyish shoxobchalarida 15-iyuldan boshlab metan narxi oshgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Qo‘mita xabar yuzasidan tezkor o‘rganish ishlarini o‘tkazgan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida bugungi kunda 1 kub metr metan gazining narxi barqaror ravishda o‘rtacha 2300 so‘mdan 2800 so‘mgacha sotilayotgani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilmoqda va shoxobchalar metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘riladi.
Vazirlar Mahkamasining 14-iyuldagi qaroriga muvofiq yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik
to‘xtatilgan edi. Shunga qaramay, ayrim gaz quyish shoxobchalarida 15-iyuldan boshlab metan narxi oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi holatga munosabat bildirib, metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘qligini
ma’lum qildi.