Medvedev: Qrimga hujum qilingan taqdirda Ukraina rahbariyati uchun qiyomat kuni keladi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZampred Sovbeza RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedanii popechitelskogo soveta SPbGU
Zampred Sovbeza RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedanii popechitelskogo soveta SPbGU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Ukraina rahbariyati uchun qiyomat kuni kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Ayrim ukrain siyosatchilari Qrimga hujum qilishni nazarda tutib, Rossiyaga tahdid qilishga urinishmoqda. Agar shunga o‘xshash voqea ro‘y bersa, ularning bari uchun qiyomat kuni keladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Volgogradda faxriylar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Vaqti-vaqti bilan qandaydir bayonotlar bilan u yerda ayrim qattiq hayajonlangan, qonli masxarabozlar og‘iz ochishmoqda va Qrimga hujum qilish va hokazolarni nazarda tutib, bizga tahdid qilishga urinishmoqda. Shu munosabat bilan shuni aytmoqchimanki, ular bunday bayonotlarning oqibatlarini yaqqol tushunib turishibdi. Oqibatlari esa oyday ravshan, shunga o‘xshash biror bir voqea ro‘y bergan taqdirda, u yerdagi barcha uchun bir zumda qiyomat kuni keladi. Juda tez va og‘ir. Berkinish g‘oyat qiyin bo‘ladi”, - dedi Medvedev.
Yangiliklar lentasi
0