https://oz.sputniknews.uz/20220717/jamshid-xodjaev-yana-investitsiyalar-va-tashqi-savdo-vazirligiga-rahbar-etib-tayinlandi-26270686.html
Jamshid Xodjayev yana investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga rahbar etib tayinlandi
Jamshid Xodjayev yana investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga rahbar etib tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Xodjayev 2017-yildan 2019-yilgacha tashqi savdo vaziri bo‘lib ishlagan edi. 17.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-17T16:29+0500
2022-07-17T16:29+0500
2022-07-17T16:29+0500
siyosat
yangi tayinlov
jamshid xodjayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26270347_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_261a2db08e24c3ebf5ce2f356752c6df.jpg
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Jamshid Xodjayev Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.Tayinlovga qadar Xodjayev Qishloq xo‘jaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan. Ushbu lavozimdan oldin u 2017-yildan 2019-yilgacha tashqi savdo vaziri bo‘lib ishlagan. Undan avval esa Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, g‘aznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa departamentlar ishini muvofiqlashtirgan.Shuningdek, u Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil qilish, uning faoliyatini tartibga solishning to‘laqonli meyoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish, shuningdek Jamg‘arma resurs bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.2021 yil 10-sentabrida boshlab Jamshid Xodjayev zimmasiga Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajarish ham yuklangan edi.Jamshid Xodjayev 1979-yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Xodjayev O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasining stipendiyasi sohibi. 2002-yilda Yevropa Davlat boshqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, shundan so‘ng 2003-yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha MVA darajasiga ega бўлган.Commerzbank (Germaniya), XVJ (AQSh), Standard Bank (JAR), JPMorgan Chase (AQSh), Rossiya Banki (RF), Natixis (Fransiya), KB Kookmin (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveysariya) kabi qator xorijiy tashkilotlarning trening va o‘quv kurslarida qatnashgan.Avvalroq Sardor Umurzakov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani sabab bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ketgan edi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari esa Jamshid Xodjayev nomzodini Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qullashgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26270347_73:0:1212:854_1920x0_80_0_0_a7e932ce73adacbfb59e6658fc113fef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, yangi tayinlov, jamshid xodjayev
siyosat, yangi tayinlov, jamshid xodjayev
Jamshid Xodjayev yana investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga rahbar etib tayinlandi
Xodjayev 2017-yildan 2019-yilgacha tashqi savdo vaziri bo‘lib ishlagan edi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Jamshid Xodjayev Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonni
imzoladi. Tayinlovga qadar Xodjayev Qishloq xo‘jaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan. Ushbu lavozimdan oldin u 2017-yildan 2019-yilgacha tashqi savdo vaziri bo‘lib ishlagan. Undan avval esa Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, g‘aznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa departamentlar ishini muvofiqlashtirgan.
Shuningdek, u Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil qilish, uning faoliyatini tartibga solishning to‘laqonli meyoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish, shuningdek Jamg‘arma resurs bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.
2021 yil 10-sentabrida boshlab Jamshid Xodjayev zimmasiga Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajarish
ham yuklangan edi.Jamshid Xodjayev 1979-yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Xodjayev O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasining stipendiyasi sohibi. 2002-yilda Yevropa Davlat boshqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, shundan so‘ng 2003-yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha MVA darajasiga ega bo‘lgan.
Commerzbank (Germaniya), XVJ (AQSh), Standard Bank (JAR), JPMorgan Chase (AQSh), Rossiya Banki (RF), Natixis (Fransiya), KB Kookmin (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveysariya) kabi qator xorijiy tashkilotlarning trening va o‘quv kurslarida qatnashgan.
Avvalroq Sardor Umurzakov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani sabab bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan
ketgan edi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari esa Jamshid Xodjayev nomzodini Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga
ma’qullashgan edi.