Vladivostokda "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlari o‘tkaziladi

© Mejdunarodnie sportivnie igri "Deti Azii"II zimnie Mejdunarodnie sportivnie igri "Deti Azii" proydut v Kuzbasse s 23-fevralya po 5-marta 2023 goda
II zimnie Mejdunarodnie sportivnie igri Deti Azii proydut v Kuzbasse s 23-fevralya po 5-marta 2023 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
“Osiyo bolalari” VII Xalqaro sport o‘yinlari 27-iyul kuni start oladi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. “Osiyo bolalari” VII Xalqaro sport o‘yinlarida 2000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
27 iyul kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida o‘smirlar o‘rtasida (14-16 yosh toifasida) “Osiyo bolalari” sport festivaliga start beriladi.
Musobaqada ishtirok etuvchi davlatlarning umumiy soni 14ta davlatni tashkil qilmoqda. Unda jami 16 yoshgacha bo‘lgan 2000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi.
Medallar sportning 19 turi: badminton, basketbol, boks, voleybol, dzudo, yengil atletika, mas-restling, suzish, sambo, kurash, futzal va boshqa sport turlari bo‘yicha o‘ynaladi.
Musobaqalar Vladivostokdagi 10 ta sport inshootida, jumladan, yangilangan “Dinamo” stadioni, “Olimpiyskiy” sport majmuasi, “Yunost” sport saroyi va Vladivostokning markaziy maydonida o‘tkaziladi.
O‘yinlarning ochilish va yopilish marosimlari “Fetisov Arena” konsert-sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur festival o‘z ishini 8-avgustga qadar olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0