Sardor Umurzakov prezident administratsiyasi rahbari bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr AstafyevVitse-premyer, ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
Vitse-premyer, ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Sardor Umurzakov Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Prezident farmoni bilan Sardor Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Endilikda Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasiga rahbarlik qiladi.
Shu munosabat bilan u Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, 8-iyul kuni prezident farmoniga muvofiq Zaynilobiddin Nizomiddinov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgandi.
Yangiliklar lentasi
0