Qoraqalpog‘istondagi soliq to‘lovchilarga yengillik berildi

© Pexels / Mikhail NilovNalogi
Nalogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlarga javobgarlik va ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi soliq to‘lovchilarga nisbatan javobgarlik va ta’sir choralari vaqtinchalik qo‘llanilmaydi. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, favqulodda holat davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik holatlari bo‘yicha javobgarlik va ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.
Mazkur choralar Qoraqalpog‘istonda 3-iyulidan 2-avgustiga qadar favqulodda holat e’lon qilinganligi sababli joriy etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish yuzasidan Oliy Majlis vakillari va xalq deputatlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlaridan iborat komissiya tuzildi.
Yangiliklar lentasi
0