O‘zbekistonga xorijdan pul kirishi 96 %ga o‘sdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti
Denejnie kupuri i moneti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi 6,5 mlrd $ni tashkil qildi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik.2022 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 6,5 mlrd $ni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha,bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 96 %ga yoki 3,2 mlrd $ga ko‘p.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan jami 5,66 mlrd $ miqdorida yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 70 % (2,33 mlrd $) ko‘p xorijiy valyuta sotib olingan.
Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami 3,72 mlrd $ miqdorida xorijiy valyuta sotilgan. Bu 2021-yilning mos davri bilan solishtirganda 85 %ga yoki 1,71 mlrd $ga ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0