Yevropa sanksiyalar bilan o‘pkasiga “o‘q otdi”, endi bo‘g‘ilyapti – Orban

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa tom ma’noda o‘z joniga qasd qilmoqda.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Sanksiyalar Yevropa Ittifoqi davlatlari umid qilganidek, Rossiyani to‘xtata olmadi, aksincha, teskari ta’sir ko‘rsatdi – Yevropa tom ma’noda o‘z joniga qasd qilmoqda, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth” radiosi efirida.
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, sanksiya siyosati Yevropa davlatlarining umidlarini oqlamagan ya’ni Ukrainadagi mojaroni to‘xtata olmagan.
“Aytishim kerakki, avvaliga biz faqat oyog‘imizga o‘q uzdik, deb o‘ylagandim, ammo hozir Yevropa iqtisodiyoti o‘z o‘pkasiga o‘q uzganga o‘xshaydi va shuning uchun ham u hozir hamma joyda bo‘g‘ilyapti”, - deya tushuntirdi vazir.
Shuningdek, Orban ishi bo‘lgan har kimga buni qadrlashni maslahat berdi, chunki Yevropada kelgusi oylarda iqtisodiy tanazzul kutilmoqda. Chunki barcha xalqaro tadqiqotlar, tahlillar va prognozlar sanksiyalar siyosati hamda Ukrainadagi mojaroning birgalikdagi ta’siri tufayli Yevropa iqtisodiyoti qisqara boshlaganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Vengriya bosh vaziri “Ukraina mojarosidan Xitoy g‘alaba qozonishiga, Amerika yutqazmasligiga, Yevropa esa zarar ko‘rishiga” shubha qilmasligini ta’kidladi.
Avvalroq, Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Rossiyaning neft va gazini boshqasiga almashtirishning iloji yo‘qligini aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Budapesht Rossiyaga neftiga nisbatan kiritilayotgan barcha cheklovlarga qarshi.
Yangiliklar lentasi
0