Turkmanistondan O‘zbekistonga turistik oqim yanada ko‘payadi

© Press-slujba Ministerstva turizma i kulturnogo naslediya UzbekistanaUzbekistan i Turkmenistan podpisali novoe soglashenie o sotrudnichestve v sfere turizma
Uzbekistan i Turkmenistan podpisali novoe soglashenie o sotrudnichestve v sfere turizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
Bitimning imzolanishi Turkmanistondan O‘zbekistonga turistik oqimni yanada ko‘paytirishga yordam beradi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning 14-iyul kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida O‘zbekiston va Turkmaniston hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Turizm va madaniy meros vazirligi mazkur bitim kuchga kirgan kundan boshlab turizm sohasida bundan avvalgi bitimlar o‘z kuchini yo‘qotishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hujjatda tomonlar "Buyuk Ipak yo‘li", "Bir sayohat — butun mintaqa" va boshqa qo‘shma turistik marshrutlar hamda brendlarni ilgari surishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, forumlar, seminarlar va ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalarida nashrlar chop etish belgilangan.
Bitim ommaviy axborot vositalarida reklama kompaniyalarini o‘tkazish, tanishtiruv sayohatlari va kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda turizm sohasi vakillari uchun malaka oshirishlarni tashkil etish, ma’lumotlar almashinish, mavjud kombi (qo‘shma) turistik yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish va yangilarini ishlab chiqish, shuningdek, transchegaraviy turistik almashinuvni rivojlantirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur bitimning imzolanishi va amalga oshirilishi Turkmanistondan O‘zbekistonga turistik oqimni yanada ko‘paytirishga, O‘zbekiston turistik brendining Turkmaniston bozorida tanilishiga va ikki mamlakat turizmi industriyasi subyektlari o‘rtasida aloqalarni faollashtirishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0