Toshkentda ShHT doirasida sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi tasdiqlanadi

© Sputnik/Zafar XalilovV Tashkente proxodit vstrecha ministrov promishlennosti ShOS i SNG
V Tashkente proxodit vstrecha ministrov promishlennosti ShOS i SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
Bu haqida ShHT bosh kotibi o‘rinbosari Suxael Xan ma’lum qildi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sanoat vazirlari ShHT mamlakatlari ishbilarmon doiralari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqida ShHT bosh kotibi o‘rinbosari Suxael Xan ma’lum qildi.
Bugun poytaxtda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sanoat vazirlari yig‘ilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning Sanoat siyosati bo‘yicha Kengashining VIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
ShHT Bosh kotibi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston raisligida sanoat kooperatsiyasi sohasidagi qator loyiha va hujjatlar ko‘rib chiqildi.
“Bugungi yig‘ilishda ma’qullanishi rejalashtirilgan ana shunday hujjatlardan biri ShHTga a’zo davlatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi loyihasidir”, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.
Ma’lumki, ShHTga a’zo davlatlar sanoatida investitsiya loyihalari yagona ma’lumotlar bankini yaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Bu ishlar tegishli idoralarning ekspertlaritomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida “ShHTga a’zo davlatlar sanoatida investitsiya loyihalari ma’lumotlar banki”ni yaratish to‘g‘risidagi nizom va MDHga a’zo davlatlarning energetika sohasida 2035-yilgacha bo‘lgan hamkorligi konsepsiyasi ham ko‘rib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0