https://oz.sputniknews.uz/20220715/rossiya-fargonada-aviakompaniya-tashkil-etishni-rejalashtirmoqda-26214078.html
Farg‘ona aeroportini modernizatsiya qilish uchun Rossiya kompaniyasi jalb qilinishi mumkin
Farg‘ona aeroportini modernizatsiya qilish uchun Rossiya kompaniyasi jalb qilinishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyati hokimi Rossiyaning “Aeroporti Regionov” shirkati vakillarini qabul qildi. 15.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-15T12:53+0500
2022-07-15T12:53+0500
2022-07-15T13:27+0500
jamiyat
farg‘ona viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/510/50/5105038_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_4f24cb03463b16cfaf09fb6625c6957b.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Rossiyaning “Aeroporti Regionov” xoldingi O‘zbekistonda Sukhoi Superjet 100 samolyotlari bilan mahalliy reyslarda xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniya tashkil qilib, uni Farg‘ona aeroportida joylashtirmoqchi. Bu haqda Sergey Krasnov boshchiligidagi kompaniya vakillari Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Hokimlik matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda rekonstruksiya va modernizatsiya qilish orqali Farg‘ona aeroportini rivojlantirish istiqbollari hamda “Aeroporti Regionov” holdingining bu jarayonda ishtiroki imkoniyatlari muhokama qilingan.Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda qo‘shni mamlakatlar chegaradosh viloyatlari aholisi sonini hisobga olganda, Farg‘ona shahri aeroportini kengaytirish hamda modernizatsiya qilish istiqbolli loyiha ekani ta’kidlangan.Shuningdek, kelgusida Farg‘ona aeroportini Yevropa va Osiyo o‘rtasida xalqaro tranzit tuguniga aylantirish, qo‘shimcha kargo terminali barpo etish orqali yuk tashish hajmini oshirish imkoniyatlari yuqori baholandi.“Aeroporti Regionov” xoldingi tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan, o‘rta masofaga mo‘ljallangan Sukhoi Superjet 100 samolyotlari bilan mahalliy reyslarda xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyani Farg‘ona aeroportida joylashtirish bo‘yicha fikr almashilgan.
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/510/50/5105038_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_b209a2bb9edbfba59a3d4e4451fe8991.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, farg‘ona viloyati
jamiyat, farg‘ona viloyati
Farg‘ona aeroportini modernizatsiya qilish uchun Rossiya kompaniyasi jalb qilinishi mumkin
12:53 15.07.2022 (yangilandi: 13:27 15.07.2022) Farg‘ona viloyati hokimi Rossiyaning “Aeroporti Regionov” shirkati vakillarini qabul qildi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Rossiyaning “Aeroporti Regionov” xoldingi O‘zbekistonda Sukhoi Superjet 100 samolyotlari bilan mahalliy reyslarda xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniya tashkil qilib, uni Farg‘ona aeroportida joylashtirmoqchi. Bu haqda Sergey Krasnov boshchiligidagi kompaniya vakillari Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan
uchrashuvda ma’lum qildi.
Hokimlik matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda rekonstruksiya va modernizatsiya qilish orqali Farg‘ona aeroportini rivojlantirish istiqbollari hamda “Aeroporti Regionov” holdingining bu jarayonda ishtiroki imkoniyatlari muhokama qilingan.
Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda qo‘shni mamlakatlar chegaradosh viloyatlari aholisi sonini hisobga olganda, Farg‘ona shahri aeroportini kengaytirish hamda modernizatsiya qilish istiqbolli loyiha ekani ta’kidlangan.
Shuningdek, kelgusida Farg‘ona aeroportini Yevropa va Osiyo o‘rtasida xalqaro tranzit tuguniga aylantirish, qo‘shimcha kargo terminali barpo etish orqali yuk tashish hajmini oshirish imkoniyatlari yuqori baholandi.
“Aeroporti Regionov” xoldingi tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan, o‘rta masofaga mo‘ljallangan Sukhoi Superjet 100 samolyotlari bilan mahalliy reyslarda xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyani Farg‘ona aeroportida joylashtirish bo‘yicha fikr almashilgan.