https://oz.sputniknews.uz/20220715/ozbekiston-shht-davlatlarini-mehnat-unumdorligini-oshirish-sohasida-hamkorlikka-chorladi-26225129.html
O‘zbekiston ShHT davlatlarini mehnat unumdorligini oshirish sohasida hamkorlikka chorladi
O‘zbekiston ShHT davlatlarini mehnat unumdorligini oshirish sohasida hamkorlikka chorladi
Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ShHT mamlakatlaridagi hamkasblariga “tez-tez ko‘rishib turish”, mehnat unumdorligi masalalari bo‘yicha qo‘shma seminar va treninglar... 15.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-15T16:27+0500
2022-07-15T16:27+0500
2022-07-15T16:27+0500
siyosat
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0f/26216185_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_e91f5cb280b1c532a7e5f02230f60f93.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Toshkent Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarini mehnat unumdorligini oshirish sohasida hamkorlik mexanizmini ishlab chiqishga taklif qilmoqda. Bu haqida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.O‘zbekiston hozirda ShHTga raislik qilmoqda. Bugun Toshkentda tashkilotga a’zo mamlakatlar sanoat vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ShHT mamlakatlaridagi hamkasblariga “tez-tez ko‘rishib turish”, mehnat unumdorligi masalalari bo‘yicha qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazishni faollashtirish taklifi berildi.Ma’lumot uchun, ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, hozirda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston uning a’zolari hisoblanadi.ShHTda kuzatuvchi davlatlar Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar -Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lankadir.O‘tgan yili sentabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish jarayoni boshlangandi.Yaqinda Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0f/26216185_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9f802718c02abe69822641b6f22ee09d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), o‘zbekiston
siyosat, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), o‘zbekiston
O‘zbekiston ShHT davlatlarini mehnat unumdorligini oshirish sohasida hamkorlikka chorladi
Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ShHT mamlakatlaridagi hamkasblariga “tez-tez ko‘rishib turish”, mehnat unumdorligi masalalari bo‘yicha qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazishni faollashtirish taklifi berildi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Toshkent Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarini mehnat unumdorligini oshirish sohasida hamkorlik mexanizmini ishlab chiqishga taklif qilmoqda. Bu haqida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
O‘zbekiston hozirda ShHTga raislik qilmoqda. Bugun Toshkentda tashkilotga a’zo mamlakatlar sanoat vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Tadbirning ochilish marosimida “Biz mehnat unumdorligi sohasida hamkorlik mexanizmini o‘z ichiga olgan, barcha ShHT mamlakatlari manfaatlariga xizmat qiluvchi asosli hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz”, deya qayd etdi Qo‘chqorov.
Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ShHT mamlakatlaridagi hamkasblariga “tez-tez ko‘rishib turish”, mehnat unumdorligi masalalari bo‘yicha qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazishni faollashtirish taklifi berildi.
“Biz hamkorlik asosida loyihalarni faollashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz”, deya qo‘shimcha qildi Qo‘chqorov.
Ma’lumot uchun, ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, hozirda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston uning a’zolari hisoblanadi.
ShHTda kuzatuvchi davlatlar Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar -Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lankadir.
O‘tgan yili sentabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish jarayoni boshlangandi.
Yaqinda Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi.