O‘zbekiston aholisi bir kunda qanchaga ko‘payayotgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Pamatnik Amiru Timuru
Tashkent. Pamatnik Amiru Timuru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35 603 443 kishini tashkil etmoqda.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga qo‘paymoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, 2022-yilning 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 603 443 kishini tashkil etgan. Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,9 % ga oshdi.
O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 55,3 ming kishiga ko‘paygan. 2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqmoqda.
2022 yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 79,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelyapti. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2021 yil 1-iyul holatiga 1 kv.km.ga 77,6 kishi).
Aholining 18 mln 117 ming nafari shahar joylarda, 17 mln 486,4 ming nafari qishloq joylarda yashaydi.Shuningdek, mamlakatda 17 690 386 nafar ayol, 17 913 057 nafar erkak istiqomat qilmoqda. 2022-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 222 671 nafarga ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0