Endilikda oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalar ham qabul qilinadi

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishDetskiy sad
Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
Oilaviy nodavlat bog‘chalarda tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratiladi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi. Bu haqida prezidentning PQ–322-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, 1-sentabrdan oilaviy nodavlat bog‘chalarda:
qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo‘lganda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi;
tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi;
tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga budjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog‘chalarda hamda oilaviy bog‘chalarda budjetdan to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7-yil 8 oydan katta bo‘lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi.
Ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi.
Qolaversa, tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan foydalanayotgan DXSh asosidagi va nodavlat bog‘chalarga ham to‘lanadi.
Yangiliklar lentasi
0