Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
ShHT bosh kotibi Chjan Min Belarusning tashkilotga a’zolik uchun arizasini qabul qilganini tasdiqladi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Bu haqida ShHT bosh kotibi Chjan Min ma’lum qildi.
“Belarus respublikasi haqiqatdan ham, ShHTga a’zo davlatlar qatoriga kirish uchun rasman ariza berdi”, deydi Chjan Min.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Minskning ShHT qadriyatlari va tamoyillari Belarusniki bilan mos keladi degan xulosaga kelganidan dalolat beradi.
Shuningdek, Chjan Min sentabr oyida Eronga ShHTga a’zo davlat maqomini berish kutilayotganini ham ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Samarqand sammitida Eron memorandumi va yana 10ta davlatlarning arizalari ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingandi. O‘zbekiston tashqi ishlar v.b. Vladimir Norov ta’kidlashicha, sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biri - ShHTni yanada kengaytirish hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0