https://oz.sputniknews.uz/20220714/samarqandda-muzeylar-kvadrati-tashkil-etiladi-26172109.html
Samarqandda “Muzeylar kvadrati” tashkil etiladi
Samarqandda “Muzeylar kvadrati” tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Samarqandda “Muzeylar kvadrati” tashkil etiladi. 14.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-14T09:44+0500
2022-07-14T09:44+0500
2022-07-14T09:44+0500
madaniyat
samarqand viloyati
muzey
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24644014_0:39:1280:760_1920x0_80_0_0_69db2e89dc534cd2a99419cf1a298377.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, respublikada 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, shulardan 7 tasi Samarqanddagi “Muzeylar kvadrati”da bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyati hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida “Muzeylar kvadrati” faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, “Buyuk ipak yo‘li — O‘zbekiston va Xitoyning oltin merosi” ko‘rgazmasi, “Samarqand — O‘zbekiston va Rossiya mintaqalari madaniyatlari tutashuvi” ko‘rgazmasi, “Klassitsizm” muzeyi, Tarixiy fotosuratlar muzeyi, Zargarlik san’ati muzeyi, Badiiy ko‘rgazmalar zali, “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasining filiallari sifatida an’anaviy liboslar muzeylari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.Shuningdek, Qo‘qon shahrida “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida Zamonaviy san’at muzeyi hamda Urganch shahrida O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyining filiali sifatida Lazgi muzeyi tashkil etiladi.Ta’kidlanishicha, bundan maqsad O‘zbekiston san’atining jahon adabiy va madaniy muhitiga integratsiyasi, muzeylardagi tarixiy eksponatlarning o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, buyuk allomalar hayoti va faoliyatida tutgan o‘rni hamda xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlashga oid zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni yaratish va muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy hamda madaniy merosni zamonaviy san’at platformasida keng targ‘ib qilishdir.Tretakov galereyasi O‘zbekiston Madaniyat jamg‘armasi bilan hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24644014_133:0:1270:853_1920x0_80_0_0_b432c987a79fbd6cc6e838d308d6d344.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, samarqand viloyati, muzey
madaniyat, samarqand viloyati, muzey
Samarqandda “Muzeylar kvadrati” tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Samarqandda “Muzeylar kvadrati” tashkil etiladi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, respublikada 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, shulardan 7 tasi Samarqanddagi “Muzeylar kvadrati”da bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyati hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida “Muzeylar kvadrati” faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, “Buyuk ipak yo‘li — O‘zbekiston va Xitoyning oltin merosi” ko‘rgazmasi, “Samarqand — O‘zbekiston va Rossiya mintaqalari madaniyatlari tutashuvi” ko‘rgazmasi, “Klassitsizm” muzeyi, Tarixiy fotosuratlar muzeyi, Zargarlik san’ati muzeyi, Badiiy ko‘rgazmalar zali, “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasining filiallari sifatida an’anaviy liboslar muzeylari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Qo‘qon shahrida “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida Zamonaviy san’at muzeyi hamda Urganch shahrida O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyining filiali sifatida Lazgi muzeyi tashkil etiladi.
Ta’kidlanishicha, bundan maqsad O‘zbekiston san’atining jahon adabiy va madaniy muhitiga integratsiyasi, muzeylardagi tarixiy eksponatlarning o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, buyuk allomalar hayoti va faoliyatida tutgan o‘rni hamda xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlashga oid zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni yaratish va muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy hamda madaniy merosni zamonaviy san’at platformasida keng targ‘ib qilishdir.