JSST dunyo mamlakatlarini niqob rejimini qaytarishga chaqirdi

© pixabay.com/nastya_geppMeditsinskiy gradusnik i zashitnaya maska, arxivnoe foto.
Meditsinskiy gradusnik i zashitnaya maska, arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Dunyo mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani sabab JSST niqob taqib yurishni zarurligini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoning barcha mamlakatlarini niqob rejimi va COVID-19 tarqalishiga qarshi boshqa usullarni qaytarishga chaqiradi. Bu haqda tashkilot rahbari Tedros Adanom Gebreyesus pandemiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan majlisda ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, odamlar yana niqib taqib yurishlari, hukumatlar esa fuqarolarni ommaviy ravishdan COVID-19ga testdan o‘tkazish amaliyotiga qaytishlari kerak.
“Men COVID-19 bilan kasallanish holatlari soni o‘sishda davom etayotganidan xavotirdaman”, - degan Gebreyesus. Uning so‘zlaridan Sky News telekanali iqtibos keltirgan.
U kasallanish soni ortib borishi sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha yuklamanini keltirib chiqarishini qayd etgan.
JSST pandemiya yakunlamagani, biroq uning xususiyati o‘zgarayotganidan ogohlantirgan. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish kamida 110 ta mamlakatda ortib bormoqda. Bu omikron shtamining BA.4 va BA.5 subvariatlari keng tarqaliyotgani bilan izohlanadi.
JSST ekspertlari yozda Yevropa ko‘p mamlakatlar deyarli barcha koronavirus cheklovlarini bekor qilganlari sabab virus tarqalishi darajasi sezilarli o‘sadi deb hisoblashmoqda. Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda ham epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda fuqarolarga 1-martdan ochiq havoda niqob taqmaslikka ruxsat berilgan. Odamlar gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etilgan. Sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiyot xodimlarining, ular koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lishidan qat’i nazar, niqob taqishi talabi saqlab qolingan.
Yangiliklar lentasi
0