https://oz.sputniknews.uz/20220714/bayden-saudiya-arabistoniga-yol-oldi-putin-esa-eronga-26196164.html
Bayden Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi, Putin esa - Eronga
Bayden Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi, Putin esa - Eronga
Sputnik O‘zbekiston
Bugun ehtimol Jo Bayden hayotidagi va butun karyeracidagi eng muhim tashrifni amalga oshiradi. 14.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-14T19:32+0500
2022-07-14T19:32+0500
2023-04-05T18:38+0500
kolumnistlar
aqsh
vladimir putin
jo bayden
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/974/06/9740602_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_c5307f9144304973318d2fa11168ade5.jpg
U Isroilga va Iordan darosining g‘arbiy sohiliga tashrif buyuradi va yo‘nalishining so‘nggi manzili Saudiya Arabistoni bo‘ladi. U yerda nafaqat Ar-Riyod, balki Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashining yana olti mamlakati, shuningdek, Misr, Iroq va Iordaniyaning taklif etilgan rahbarlari bilan muzorakalar o‘tkazadi. Yaqin Sharq bo‘ylab sayohat mintaqaning yillar va hatto o‘nlab yillardagi taqdirini belgilab berishi mumkin. Va, albatta global jarayonlar rivojiga ta’sir qiladi. Ammo, bu haqida keyinroq so‘z yuritamiz.Amerika Qo‘shma Shtatlari hozirgi kunda yoqilg‘i narxlari o‘sishi ortidan kelib chiqqan rekord darajadagi inflyatsiyani boshdan kechirmoqda. Oddiy amerikaliklarning esa “Putinning narxlarni oshirgani” haqidagi cho‘pchaklarga ishonishi qiyin- amaldagi prezidentning yashil siyosati hamon ularning yodida. Bundan tashqari, saylovchilar Oliy sudning 40-yil davomida abort qilish konstitutsiyaviy huquqini kafolatlagan “Rou Ueydga qarshi” sud qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bilan ikkiga bo‘linib, masalani davlat organlariga qoldirdi. Buning fonida Baydenning jamoatchilik qo‘llab-quvvatlovi ko‘rsatkichlari halokatli 30% tushib ketdi. Umuman olganda, mamlakat qo‘rqinchli tezlikda “konfederatsiyalashapti”, va demokratlarning nafaqat noyabrda belgilangan kongress oraliq saylovlarida, balki navbatdagi prezidentlik kampaniyasida mag‘lub bo‘lish havfi bor.Vaziyatni to‘g‘rilash maqsadida AQSh prezidenti yaqindagina o‘zi yakkalamoqchi bo‘lgan mamlakat- Saudiya Arabistoniga vositachi sifatida tashrif buyurishga majbur bo‘ldi.“Energiyaga qaramlik” taqdiridan qochib qutulib bo‘lmaydi, ammo Rossiyani yakkalash uchun har qanday ishga tayyor ham turish kerakku.Bayden juda qattiq koyib turadigan Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi vaqtini zoe o‘tkazmadi va tashrifga tayyorlandi- iyun so‘nggida sunnitlar olamining asosiy mamlakatlari Misr va Turkiyaga bordi. Ommaviy maydonda nutq iqtisodiy hamkorlik haqida bordi, ammo Amerika prezidentining allaqachon qoldirilgan safari oldidan mintaqaviy o‘yinchilar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab olgani aniq.Va Bayden uchun shunday muhim voqea arafasida ma’lum bo‘ldiki, uning safaridan so‘ng Vladimir Putin nafaqat Rajab Toyyip Erdog‘an bilan muzokaralar o‘tkazadi, balki buni “Ostona formati” sammitida Tehronda amalga oshiradi.Albatta, Suriya bo‘yicha bunday yuqori darajadagi muzokaralarni Turkiyaning u yerda - mamlakat shimolida AQSh faol qo‘llab-quvvatlayotgan kurd tuzilmalariga qarshi navbatdagi maxsus operatsiya o‘tkazish rejalari bilan izohlash mumkin. Xuddi shunday operatsiya Iroqda ham uch oydan beri davom etmoqda. Garchi bu hududni aslida nazorat qilmasada, Damashq bunday qadamni o‘z suverinitetining buzilishi deb hisoblaydi. Bu hududlarni Vashington tomonidan moliyalashtiradigan va qo‘llab-quvvatlanadigan “Suriya demokratik kuchlari” boshqaradi. Ularning asosi kursdlarning o‘zini mudofaa qilish bo‘linmalari hisoblanadi. Ular Asaddan keng avtonomiyani talab qilishmoqda. Anqara, o‘z navbatida, Suriya shimolida 30 kilometrlik xavfsizlik zonasi yaratmoqchi.Muvofiqlikni hisobga olsak, Moskva ham, Vashington ham Anqaraning bu rejalariga salbiy munosabatda ekani aniq.AQSh pozitsiyasini o‘zgartirish uchun Erdog‘an Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi masalasida roziligini bildirdi va bu bilan moslashuvchanlikni namoyish etdi. Ammo prezident Skandinaviya demokratiyalarini ulug‘vor gumanistik qadriyatlardan voz kechishga majbur qildi- ular haqiqatda kurdlarning Turkiyaga ekstraditsiya qilishga rozi bo‘lishdi, garchi bir oy avval buni aqlga sig‘maydigan hodsa deb atashgan bo‘lsada.Bu bilan albatta oldi-berdi tugab qolmaydi: Stokgolm va Xelsinki Anqaraning shartlariga rozi bo‘ldi, ammo alyansning Madriddagi sammitidan so‘ng hech qanday ekstraditsiya haqida gap-so‘z bo‘lmaganini aytishdi. To‘g‘rirog‘i, memorandum fuqarolarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha barcha so‘rovlar “har tomonlama ko‘rib chiqilishini kafolatlaydi”, biroq bu talablarning qanoatlantirishini anglatmaydi. Xuddi shunday Anqaraning roziligi ham ularning chindan ham NATOga a’zo bo‘lishini bildirmaydi- qarorni parlamentda ratifikatsiya qilish kerak bo‘ladi.Endi esa Erdog‘anga Suriya bo‘yicha rejalarini Kreml bilan muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi. Masala uning Rossiya ittifoqchisi hududida AQSh ittifoqchilariga qarshi kurash uchun nimani taklif qilishga tayyorligida.Turkiyaning NATOga a’zoligiga qaramasdan, so‘nggi yillarda ikki mamlakatning aloqalari faol rivojlanyapti. Blok birdamligiga bepisandlik qilgan holda, Turkiya ancha mustaqil siyosat olib bormoqda va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishga qarshi chiqapti. Biroq, Kiyevga ham dronlarni yetkazib berishni to‘xtatayotgani yo‘q.Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar zargarlik diplomatiyasini talab qiladi: ikkala derjavaning yaqinligi va ambitsiyalari tufayli qarama-qarshilik ehtimoli juda katta. G‘arb bilan integratsiyalashda davom etish Turkiyaning Rossiya bilan munosabatlariga ta’sir qiladi, Erdog‘anning barcha turk xalqlarini qamrab oladigan Buyuk Turonni yaratish g‘oyalari esa Rossiya suverenitetini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf ostiga qo‘yadi. Ammo bu loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka olib keladigan bosqichdan hali uzoqda. Umuman, bunday ssenariy har ikki tomon uchun o‘ta noxush oqibatlarga olib keladi.Shu bilan birga Rossiyaning ham Turkiyaning ham hamkorlik maydonlari juda keng: iqtisodiy aspektlarni e’tiborga olmasa ham, ikki mamlakatga Yaqin Sharqdagi barqarorlik hamda kelishuv suv va havodek zarur.Demak, Tehron sammitining bunday yuqori darajada tez sur’atlar bilan o‘tayotgan muzokaralari nuqtayi nazaridan, bo‘lajak uchrashuvlar mavzusi faqat Suriyaga qaratiladi deb ishonish soddalik bo‘ladi.Va aynan nima haqida so‘z borishini bilish uchun, umuman mintaqaga nazar solish lozim.Aftidan, Arab-Isroil mojarosidan keyin Yaqin Sharqdagi eng muhim tektonik bo‘linish Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘lishi mumkin. Sunnitlar va shialar o‘rtasidagi qadimiy diniy qarama-qarshiliklar siyosiy muammolar bilan birga bo‘lgan: 2016-yilda mamlakatlar yana bir bor diplomatik aloqalarni to‘xtatdi, ammo 2021-yildan boshlab, dialoglar tiklashi istiqbollari sezildi.Va agar Rossiya o‘z xavfsizligi uchun asosiy mintaqaviy o‘yinchilar o‘rtasidagi barqaror munosabatlardan manfaatdor bo‘lsa- (chunki Yaqin Sharqda boshqa IShID paydo bo‘lish xavfi doimo bor), AQSh uchun esa mintaqadagi tinchlik qulay narxlarda neftga ega bo‘lmagani uchun kerak. Buning uchun tinchlik shart emas, shunchaki konlarni nazorat qilish kifoya- Suriya misoli hammaga ma’lum. Ammo, Ar-Riyodning Tehron bilan Moskva vositachiligida yarashuvi esa AQShning Rossiyani yakkalab qo‘yish va “sivilizatsiyalashgan dunyoni arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash”dagi urinishlarini chippakka chiqaradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/974/06/9740602_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4e0df9e60ea0191c217860658492ae5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, aqsh, vladimir putin, jo bayden, rossiya
kolumnistlar, aqsh, vladimir putin, jo bayden, rossiya
Bayden Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi, Putin esa - Eronga
19:32 14.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Bugun ehtimol Jo Bayden hayotidagi va butun karyeracidagi eng muhim tashrifni amalga oshiradi.
U Isroilga va Iordan darosining g‘arbiy sohiliga tashrif buyuradi va yo‘nalishining so‘nggi manzili Saudiya Arabistoni bo‘ladi. U yerda nafaqat Ar-Riyod, balki Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashining yana olti mamlakati, shuningdek, Misr, Iroq va Iordaniyaning taklif etilgan rahbarlari bilan muzorakalar o‘tkazadi. Yaqin Sharq bo‘ylab sayohat mintaqaning yillar va hatto o‘nlab yillardagi taqdirini belgilab berishi mumkin. Va, albatta global jarayonlar rivojiga ta’sir qiladi. Ammo, bu haqida keyinroq so‘z yuritamiz.
Amerika Qo‘shma Shtatlari hozirgi kunda yoqilg‘i narxlari o‘sishi ortidan kelib chiqqan rekord darajadagi inflyatsiyani boshdan kechirmoqda. Oddiy amerikaliklarning esa “Putinning narxlarni oshirgani” haqidagi cho‘pchaklarga ishonishi qiyin- amaldagi prezidentning yashil siyosati hamon ularning yodida. Bundan tashqari, saylovchilar Oliy sudning 40-yil davomida abort qilish konstitutsiyaviy huquqini kafolatlagan “Rou Ueydga qarshi” sud qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bilan ikkiga bo‘linib, masalani davlat organlariga qoldirdi. Buning fonida Baydenning jamoatchilik qo‘llab-quvvatlovi ko‘rsatkichlari halokatli 30% tushib ketdi. Umuman olganda, mamlakat qo‘rqinchli tezlikda “konfederatsiyalashapti”, va demokratlarning nafaqat noyabrda belgilangan kongress oraliq saylovlarida, balki navbatdagi prezidentlik kampaniyasida mag‘lub bo‘lish havfi bor.
Vaziyatni to‘g‘rilash maqsadida AQSh prezidenti yaqindagina o‘zi yakkalamoqchi bo‘lgan mamlakat- Saudiya Arabistoniga vositachi sifatida tashrif buyurishga majbur bo‘ldi.
“Energiyaga qaramlik” taqdiridan qochib qutulib bo‘lmaydi, ammo Rossiyani yakkalash uchun har qanday ishga tayyor ham turish kerakku.
Bayden juda qattiq koyib turadigan Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi vaqtini zoe o‘tkazmadi va tashrifga tayyorlandi- iyun so‘nggida sunnitlar olamining asosiy mamlakatlari Misr va Turkiyaga bordi. Ommaviy maydonda nutq iqtisodiy hamkorlik haqida bordi, ammo Amerika prezidentining allaqachon qoldirilgan safari oldidan mintaqaviy o‘yinchilar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab olgani aniq.
Va Bayden uchun shunday muhim voqea arafasida ma’lum bo‘ldiki, uning safaridan so‘ng Vladimir Putin nafaqat Rajab Toyyip Erdog‘an bilan muzokaralar o‘tkazadi, balki buni “Ostona formati” sammitida Tehronda amalga oshiradi.
Albatta, Suriya bo‘yicha bunday yuqori darajadagi muzokaralarni Turkiyaning u yerda - mamlakat shimolida AQSh faol qo‘llab-quvvatlayotgan kurd tuzilmalariga qarshi navbatdagi maxsus operatsiya o‘tkazish rejalari bilan izohlash mumkin. Xuddi shunday operatsiya Iroqda ham uch oydan beri davom etmoqda. Garchi bu hududni aslida nazorat qilmasada, Damashq bunday qadamni o‘z suverinitetining buzilishi deb hisoblaydi. Bu hududlarni Vashington tomonidan moliyalashtiradigan va qo‘llab-quvvatlanadigan “Suriya demokratik kuchlari” boshqaradi. Ularning asosi kursdlarning o‘zini mudofaa qilish bo‘linmalari hisoblanadi. Ular Asaddan keng avtonomiyani talab qilishmoqda. Anqara, o‘z navbatida, Suriya shimolida 30 kilometrlik xavfsizlik zonasi yaratmoqchi.
Muvofiqlikni hisobga olsak, Moskva ham, Vashington ham Anqaraning bu rejalariga salbiy munosabatda ekani aniq.
AQSh pozitsiyasini o‘zgartirish uchun Erdog‘an Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi masalasida roziligini bildirdi va bu bilan moslashuvchanlikni namoyish etdi. Ammo prezident Skandinaviya demokratiyalarini ulug‘vor gumanistik qadriyatlardan voz kechishga majbur qildi- ular haqiqatda kurdlarning Turkiyaga ekstraditsiya qilishga rozi bo‘lishdi, garchi bir oy avval buni aqlga sig‘maydigan hodsa deb atashgan bo‘lsada.
Bu bilan albatta oldi-berdi tugab qolmaydi: Stokgolm va Xelsinki Anqaraning shartlariga rozi bo‘ldi, ammo alyansning Madriddagi sammitidan so‘ng hech qanday ekstraditsiya haqida gap-so‘z bo‘lmaganini aytishdi. To‘g‘rirog‘i, memorandum fuqarolarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha barcha so‘rovlar “har tomonlama ko‘rib chiqilishini kafolatlaydi”, biroq bu talablarning qanoatlantirishini anglatmaydi. Xuddi shunday Anqaraning roziligi ham ularning chindan ham NATOga a’zo bo‘lishini bildirmaydi- qarorni parlamentda ratifikatsiya qilish kerak bo‘ladi.
Endi esa Erdog‘anga Suriya bo‘yicha rejalarini Kreml bilan muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi. Masala uning Rossiya ittifoqchisi hududida AQSh ittifoqchilariga qarshi kurash uchun nimani taklif qilishga tayyorligida.
Turkiyaning NATOga a’zoligiga qaramasdan, so‘nggi yillarda ikki mamlakatning aloqalari faol rivojlanyapti. Blok birdamligiga bepisandlik qilgan holda, Turkiya ancha mustaqil siyosat olib bormoqda va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishga qarshi chiqapti. Biroq, Kiyevga ham dronlarni yetkazib berishni to‘xtatayotgani yo‘q.
Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar zargarlik diplomatiyasini talab qiladi: ikkala derjavaning yaqinligi va ambitsiyalari tufayli qarama-qarshilik ehtimoli juda katta. G‘arb bilan integratsiyalashda davom etish Turkiyaning Rossiya bilan munosabatlariga ta’sir qiladi, Erdog‘anning barcha turk xalqlarini qamrab oladigan Buyuk Turonni yaratish g‘oyalari esa Rossiya suverenitetini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf ostiga qo‘yadi. Ammo bu loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka olib keladigan bosqichdan hali uzoqda. Umuman, bunday ssenariy har ikki tomon uchun o‘ta noxush oqibatlarga olib keladi.
Shu bilan birga Rossiyaning ham Turkiyaning ham hamkorlik maydonlari juda keng: iqtisodiy aspektlarni e’tiborga olmasa ham, ikki mamlakatga Yaqin Sharqdagi barqarorlik hamda kelishuv suv va havodek zarur.
Demak, Tehron sammitining bunday yuqori darajada tez sur’atlar bilan o‘tayotgan muzokaralari nuqtayi nazaridan, bo‘lajak uchrashuvlar mavzusi faqat Suriyaga qaratiladi deb ishonish soddalik bo‘ladi.
Va aynan nima haqida so‘z borishini bilish uchun, umuman mintaqaga nazar solish lozim.
Aftidan, Arab-Isroil mojarosidan keyin Yaqin Sharqdagi eng muhim tektonik bo‘linish Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘lishi mumkin. Sunnitlar va shialar o‘rtasidagi qadimiy diniy qarama-qarshiliklar siyosiy muammolar bilan birga bo‘lgan: 2016-yilda mamlakatlar yana bir bor diplomatik aloqalarni to‘xtatdi, ammo 2021-yildan boshlab, dialoglar tiklashi istiqbollari sezildi.
Va agar Rossiya o‘z xavfsizligi uchun asosiy mintaqaviy o‘yinchilar o‘rtasidagi barqaror munosabatlardan manfaatdor bo‘lsa- (chunki Yaqin Sharqda boshqa IShID paydo bo‘lish xavfi doimo bor), AQSh uchun esa mintaqadagi tinchlik qulay narxlarda neftga ega bo‘lmagani uchun kerak. Buning uchun tinchlik shart emas, shunchaki konlarni nazorat qilish kifoya- Suriya misoli hammaga ma’lum. Ammo, Ar-Riyodning Tehron bilan Moskva vositachiligida yarashuvi esa AQShning Rossiyani yakkalab qo‘yish va “sivilizatsiyalashgan dunyoni arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash”dagi urinishlarini chippakka chiqaradi.