https://oz.sputniknews.uz/20220714/aqsh-fuqarosi-ukrainada-asirga-tushdi-oav-26188400.html
AQSh fuqarosi Ukrainada asirga tushdi - OAV
AQSh fuqarosi Ukrainada asirga tushdi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
AQSh fuqarosi Suyedi Murekezi iyun oyida Xersonda hibsga olindi, deb xabar qildi The Guardian uning oilasi, do‘stlari va ko‘ngillilari bergan ma’lumotga asosan.
2022-07-14T15:05+0500
2022-07-14T15:05+0500
2022-07-14T15:05+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0d/20061732_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_26992d188317e66b143171c97469183f.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. AQSh fuqarosi Suyedi Murekezi iyun oyida Xersonda hibsga olindi, deb xabar qildi The Guardian uning oilasi, do‘stlari va ko‘ngillilari bergan ma’lumotga asosan.Uning akasi Murekezi Ukrainaga to‘rt yildan ko‘proq vaqt oldin ko‘chib o‘tganini, so‘nggi 2-yil Xersonda yashaganini aytdi. Amerikalikning do‘stlari va oilasi uning jangovar harakatlarda qatnashmagani, kriptovalyuta bilan bog‘liq biznes bilan shug‘ullangani ta’kidlashdi.Gazetaning yozishicha, Murekezi akasiga qo‘ng‘iroq qilib, Doneskda ikki amerikalik yollanma askar Aleksandr Druke va Endi Xun bilan bir joyda hibsga olinganini aytdi.“Telefonda Murekezi ukasiga Ukraina tarafdorlari namoyishlarida qatnashganlikda yolg‘on ayblanganini aytdi”, — deyilgan xabarda.Gazetaning yozishicha, AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi departament Murekezining hibsga olingani haqidagi “xabarlardan xabardor”ligini aytdi, biroq boshqa izoh berishdan bosh tortdi.Xerson hokimiyati va RF Mudofaa vazirligi bunday ismli amerikalik hibsga olingani haqida bayonot bermadi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0d/20061732_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_3d592ba94444e6918c348241b0cfeaec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh fuqarosi ukrainada asirga tushdi - oav
aqsh fuqarosi ukrainada asirga tushdi - oav
AQSh fuqarosi Ukrainada asirga tushdi - OAV
The Guardian: Xersonda amerikalik hibsga olindi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. AQSh fuqarosi Suyedi Murekezi iyun oyida Xersonda hibsga olindi, deb xabar qildi The Guardian uning oilasi, do‘stlari va ko‘ngillilari bergan ma’lumotga asosan.
Uning akasi Murekezi Ukrainaga to‘rt yildan ko‘proq vaqt oldin ko‘chib o‘tganini, so‘nggi 2-yil Xersonda yashaganini aytdi. Amerikalikning do‘stlari va oilasi uning jangovar harakatlarda qatnashmagani, kriptovalyuta bilan bog‘liq biznes bilan shug‘ullangani ta’kidlashdi.
Gazetaning yozishicha, Murekezi akasiga qo‘ng‘iroq qilib, Doneskda ikki amerikalik yollanma askar Aleksandr Druke va Endi Xun bilan bir joyda hibsga olinganini aytdi.
“Telefonda Murekezi ukasiga Ukraina tarafdorlari namoyishlarida qatnashganlikda yolg‘on ayblanganini aytdi”, — deyilgan xabarda.
Gazetaning yozishicha, AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi departament Murekezining hibsga olingani haqidagi “xabarlardan xabardor”ligini aytdi, biroq boshqa izoh berishdan bosh tortdi.
Xerson hokimiyati va RF Mudofaa vazirligi bunday ismli amerikalik hibsga olingani haqida bayonot bermadi.