Xivada restavratsiya maktabi tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu maktabda ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi. Buni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, maktab YuNESKO ko‘magida tashkil etildi. Unga xorijdan yetakchi ekspertlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Maktabning asosiy vazifalari:
tegishli mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish va bu kurslarga mahalliy hamda chet ellik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha Markazga takliflar kiritish;
“ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish, shuningdek, sohaga yangi usul, material va texnologiyalar, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan takliflar tayyorlash;
malaka oshirish kurslarining tinglovchilarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ular ishtirokida moddiy madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni tashkil qilishda ko‘maklashish;
asrashga doir ishlar sohasida mahalliy va chet ellik ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, anjuman va boshqa tadbirlar tashkil etish, shuningdek, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishda ishtirok etish.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasi va uning davlat muassasasi shaklida Xiva, Samarqand, Buxoro, Termiz, Shahrisabz va Qo‘qon shahar mintaqaviy markazlariga asos solingandi.
Yangiliklar lentasi
0