https://oz.sputniknews.uz/20220713/serdar-berdimuhamedov-ozbekistonga-davlat-tashrifi-bilan-keladi-26149197.html
Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi. 13.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-13T15:07+0500
2022-07-13T15:07+0500
2022-07-13T15:12+0500
siyosat
serdar berdimuhamedov
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/11/22238678_168:206:1133:749_1920x0_80_0_0_b13411ed5237868e68847c2502ee1695.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.Asosiy yo‘nalishlardagi amaliy aloqalarning, shu jumladan o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, transport-tranzit salohiyatini samarali ishga solish, suv xo‘jaligi sohasida muhim loyihalarni amalga oshirish, hududlararo muloqotni faollashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini davom ettirish istiqbollari diqqat markazida bo‘ladi.Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.Sammit yakunida Qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.Oliy martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uchrashuv o‘tkazishi va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.Ushbu tashrifga tayyorgarlik doirasida 1-2 iyul kunlari Toshhovuz shahrida Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tdi.12 iyul kuni Toshkentda ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va strategik sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Turkmaniston ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Tashrif arafasida Buxoro shahrida birinchi Hududlar forumi, Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston va Turkmanistonning yetakchi korxonalari ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/11/22238678_252:217:966:753_1920x0_80_0_0_2e65ee5d4a77038f95e8ad85908f2e4d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, serdar berdimuhamedov, o‘zbekiston
siyosat, serdar berdimuhamedov, o‘zbekiston
Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
15:07 13.07.2022 (yangilandi: 15:12 13.07.2022) Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar bermoqda. Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Asosiy yo‘nalishlardagi amaliy aloqalarning, shu jumladan o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, transport-tranzit salohiyatini samarali ishga solish, suv xo‘jaligi sohasida muhim loyihalarni amalga oshirish, hududlararo muloqotni faollashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini davom ettirish istiqbollari diqqat markazida bo‘ladi.
Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Sammit yakunida Qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Oliy martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uchrashuv o‘tkazishi va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu tashrifga tayyorgarlik doirasida 1-2 iyul kunlari Toshhovuz shahrida Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tdi.
12 iyul kuni Toshkentda ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va strategik sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Turkmaniston ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif arafasida Buxoro shahrida birinchi Hududlar forumi, Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston va Turkmanistonning yetakchi korxonalari ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.