Qoraqalpog‘istondagi favqulodda holat rejimi yumshatilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Karakalpakstana i Uzbekistana
Flagi Karakalpakstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istondagi vaziyatning barqarorlashgani hisobga olib, komendantlik soatining amal qilish vaqti qisqartirildi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘iston hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimi biroz yumshatiladi, ya’ni komendantlik soatining amal qilish vaqti qisqartiriladi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatning barqarorlashgani va hudud aholisining odatdagi hayot tartibiga qaytayotganini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qoraqalpog‘iston hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimini yumshatish, ya’ni komendantlik soatining amal qilish vaqtini "soat 21 dan soat 7 ga qadar" o‘rniga "soat 23 dan soat 5 ga qadar" etib belgilashga qaror qilindi”, - deyiladi prezident matbuot kotibi xabarida.

Davlat rahbari Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi 2-iyuldagi o‘z farmoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan va Oliy Majlis palatalariga tasdiqlash uchun yo‘llagan.
Yangiliklar lentasi
0