Qarzdorlik mavjud transportlar statsionar postlarda to‘xtatiladi

© SputnikAvtomobilnoe dvijenie
Avtomobilnoe dvijenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
“Qizil” yo‘lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo‘yicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Endi qarzdorlik mavjud transportlar statsionar postlarda to‘xtatiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 8-iyul kuni qabul qilingan qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.
Nizomga ko‘ra, transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorug‘lik diodli ekran orqali ishora berish yo‘li bilan tartibga solinadi.
Ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yo‘lak bo‘ylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar “Yashil” yo‘lak bo‘ylab to‘siqsiz harakatlanadi.
“Qizil” yo‘lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo‘yicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ularning harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.
Qarzdorlik to‘lanmagan hollarda transport vositalari maxsus to‘xtash joylariga joylashtiriladi. Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, jumladan, qarzdorlikka asos bo‘lgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda ko‘rilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0