Mirziyoyev Eron parlamenti rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Irana vo glave s predsedatelem Sobraniya Islamskogo Soveta Moxammadom Bagerom Galibafom.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Irana vo glave s predsedatelem Sobraniya Islamskogo Soveta Moxammadom Bagerom Galibafom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Eron Islomiy Kengash Majlisi raisi Muhammad Bagir Qolibof O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islomiy Kengash majlisi raisi Muhammad Bagir Qolibof boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Mirziyoyev O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yuqori sur’atda davom ettirish va ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishga xizmat qilayotgan faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlarni mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik ko‘rsatkichlari o‘sayotgani kuzatilmoqda – joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 40 foizga, qo‘shma korxona va loyihalar soni 360 tadan oshdi. Fevral oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va yetakchi korxonalari vakillari ishtirokida biznes forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Kelgusi oylarda qator muhim ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmining oshishi uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, transport va logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, ilmiy-texnik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, hududlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kelishuvlarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ilgari surish maqsadida samarali parlamentlararo muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlikka erishish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi yo‘lidagi ko‘makni kengaytirish muhim ekani qayd etildi.
Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari, shu jumladan joriy yil sentabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0