Kimlar referendumni kuzatib borishi mumkin

© Markaziy saylov komissiyasiKimlar referendumni kuzatib borishi ma’lum bo‘ldi
Kimlar referendumni kuzatib borishi ma’lum bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Referendumda ishtirok etuvchi xorijiy va mahalliy kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari belgilandi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Referendum jarayonlarini kamida 60-70 minga yaqin mahalliy kuzatuvchilar kuzatib boradi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi majlisda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, referendumda ilk bor fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirok etadi.
Quyidagilar referendumda mahalliy kuzatuvchi bo‘lishi mumkin:
siyosiy partiyalar – partiya a’zosi yoki tarafdori, partiyaga xayrixox bo‘lgan 18 yoshga to‘lgan fuqarolar;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla raisi, uning maslahatchilari va fuqarolar yig‘ini boshqa mansabdor shahslari;
fuqarolarning tashabbuskor guruhlari –18 yoshga to‘lgan fuqarolar.
Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug komissiyalariga referendum o‘tkazilishiga kechi bilan o‘n kun qolganida ma’lum qilishi kerak. Mahalliy kuzatuvchilarga mandatlar besh kun ichida beriladi.
Boshqa davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarga mandatlar MSK tomonidan topshiriladi. Aytilishicha, nizomga muvofiq, kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish 3 ta holatda rad etiladi.

“Agar hujjatlar nizom talablariga javob bermasa, hujjatlar belgilangan muddatdan kech taqdim etilsa va xalqaro kuzatuvchi yoki uni nomzodini ko‘rsatgan xalqaro tashkilotning faoliyati milliy qonunchilikka zid bo‘lsa, O‘zbekiston milliy manfaatlariga xavf solsa ular rad etiladi”, deydi MSK doimiy asosda ishlovchi a’zosi Gulnoza Rahimova.

Shuningdek, xorijda yashovchi xorijda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ham referendumda ishtirok etishda sharoitlar yaratib beriladi.
"Fuqarolar referendum kuniga kamida o‘n besh kun qolguniga qadar xorijdagi uchastka komissiyasiga yozma shaklda yoki TIVning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin", deydi MSKning doimiy asosda ishlovchi a’zosi Adham Ibodullayev.
Qayd etilishicha, xorijiy davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarida muddatidan oldin ovoz berish fuqarolarning turgan joyida o‘tkaziladi.
Majlis so‘ngida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0