Hojilarning ilk guruhi qachon O‘zbekistonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke
Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
“Haj – 2022” dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yil 14-iyul – 4-avgust kunlari mamlakatga qaytib keladi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. “Haj – 2022” dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yil 14-iyul – 4-avgust kunlari mamlakatga qaytib keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga qaytuvchi hojilar o‘z parvozlarini Jidda shahridan O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. Unda jami 12 mingdan ziyod yo‘lovchi tashish reja qilingan.
“Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bortkuzatuvchisi jalb etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0