https://oz.sputniknews.uz/20220713/favqulodda-holat-va-istefoga-chiqqan-prezident-shri-lankada-nimalar-roy-bermoqda-26151497.html
Favqulodda holat va iste’foga chiqqan prezident: Shri-Lankada nimalar ro‘y bermoqda
Favqulodda holat va iste’foga chiqqan prezident: Shri-Lankada nimalar ro‘y bermoqda
Sputnik O‘zbekiston
Shri-Lankada apreldan buyon davom etib kelayotgan norozilik namoyishlari prezidentning iste’foga chiqishi, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinishiga olib keldi. 13.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-13T18:46+0500
2022-07-13T18:46+0500
2022-07-13T18:46+0500
dunyoda
shri-lanka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26151092_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_ceb9649fbfdb81c872efc9d16100b8f7.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Shri-Lankada norozilik namoyishlari ortidan prezident Gotabaya Rajapaksa iste’foga chiqib mamlakatni tark etdi. Bosh vazir Ranil Vikramasingxe davlat rahbari vakolatlariga ega bo‘ldi. Mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari favqulodda holat joriy etishga olib keldi.Hukumat o‘zgarishiShri-Lankiprezidenti 12-iyul kuni iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizaga imzo chekdi. 13-iyulga o‘tar kechasi u rasman vakolatlarini bosh vazirga topshirdi va o‘z qarorini “mamlakatdan uzoqda ekanini” bilan izohladi.Rajapaksa haqiqatdan orolni mahalliy vaqt bilan soat 03:00 tark etgan va birinchi xonim hamrohligida harbiy samolyotda Maldivga kelgan.Favqulodda holat rejimiShri-Lanki hukumati siyosiy nomuayanlik sabab zo‘ravonlik holatlari ortib ketishidan xavotir olishmoqda. Vikramasingxe mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi, orol g‘arbida komendantlik soati kiritilgan.Bosh vazir namoyishchilar harakatlanayotgan yengil va yuk mashinalarini musodara qilishni buyurdi. Temir yo‘llar ishlashda davom etishadi.Harbiylar muxolifat unga efir vaqtini ajratishni talab qilgandan so‘ng teleradio kompaniyalari ofislarini qo‘riqlashni boshlashdi.Amerika elchixonasi “xavfsizlik nuqtayi nazaridan kelib chiqib” konsul xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘ydi, Rossiya elchixonasi odatiy ravishda ishlamoqda.Qarorgohlarga uyushtirilgan hujumNamoyishchilar o‘tgan shanba kuni prezident qarorgohiga hujum qilib, unga bostirib kirishdi. Endi mamlakatning butun hududi bo‘ylab odamlar unga kirish uchun Kolomboga kelishmoqda. Ular u yerdagi basseynda cho‘milishga va oshxonada o‘zlariga yegulik tayyorlashga ulgurishdi.Aksiya ishtirokchilari bosh vazir qarorgohiga ham bostirib kirishga urinishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra ular buning uddasidan chiqishgan.Endi nima bo‘ladiPrezident lavozimiga bosh vazir Vikramasingxedan tashqari “Shri-Lanka xalq frontidan” bo‘lgan deputut Dalles Alaxapperuma va “Birlashgan milliy kuchlar” muxolifat partiyasi yetakchisi Sajit Premadasu da’vogarlik qilmoqda.Parlament mamlakatning yangi prezidentini bir haftadan keyin, 20-iyul kuni aniqlaydi. G‘olib bo‘lgan nomzod mamlakatning 2024-yil noyabrigacha boshqaradi.Yangi davlat rahbarining asosiy vazifalari apreldan buyon davom etib kelayotgan norozilik namoyishlarini to‘xtatish, fuqarolarni yoqilg‘i, oziq-ovqat va birinchi zaruriy tovarlar (aynan ular taqchilligi hozir inqirozni keltirib chiqardi) bilan ta’minlash hamda mamlakat iqtisodiyotini tiklashdan iborat bo‘ladi.
shri-lanka
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26151092_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4d5e05ff4b16cf651b9fbe9272150793.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, shri-lanka
Favqulodda holat va iste’foga chiqqan prezident: Shri-Lankada nimalar ro‘y bermoqda
Shri-Lankada apreldan buyon davom etib kelayotgan norozilik namoyishlari prezidentning iste’foga chiqishi, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinishiga olib keldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Shri-Lankada norozilik namoyishlari ortidan prezident Gotabaya Rajapaksa iste’foga chiqib mamlakatni tark etdi. Bosh vazir Ranil Vikramasingxe davlat rahbari vakolatlariga ega bo‘ldi. Mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari favqulodda holat joriy etishga olib keldi.
Shri-Lankiprezidenti 12-iyul kuni iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizaga imzo chekdi. 13-iyulga o‘tar kechasi u rasman vakolatlarini bosh vazirga topshirdi va o‘z qarorini “mamlakatdan uzoqda ekanini” bilan izohladi.
Rajapaksa haqiqatdan orolni mahalliy vaqt bilan soat 03:00 tark etgan va birinchi xonim hamrohligida harbiy samolyotda Maldivga kelgan.
Shri-Lanki hukumati siyosiy nomuayanlik sabab zo‘ravonlik holatlari ortib ketishidan xavotir olishmoqda. Vikramasingxe mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi, orol g‘arbida komendantlik soati kiritilgan.
Bosh vazir namoyishchilar harakatlanayotgan yengil va yuk mashinalarini musodara qilishni buyurdi. Temir yo‘llar ishlashda davom etishadi.
Harbiylar muxolifat unga efir vaqtini ajratishni talab qilgandan so‘ng teleradio kompaniyalari ofislarini qo‘riqlashni boshlashdi.
Amerika elchixonasi “xavfsizlik nuqtayi nazaridan kelib chiqib” konsul xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘ydi, Rossiya elchixonasi odatiy ravishda ishlamoqda.
Qarorgohlarga uyushtirilgan hujum
Namoyishchilar o‘tgan shanba kuni prezident qarorgohiga hujum qilib, unga bostirib kirishdi. Endi mamlakatning butun hududi bo‘ylab odamlar unga kirish uchun Kolomboga kelishmoqda. Ular u yerdagi basseynda cho‘milishga va oshxonada o‘zlariga yegulik tayyorlashga ulgurishdi.
Aksiya ishtirokchilari bosh vazir qarorgohiga ham bostirib kirishga urinishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra ular buning uddasidan chiqishgan.
Prezident lavozimiga bosh vazir Vikramasingxedan tashqari “Shri-Lanka xalq frontidan” bo‘lgan deputut Dalles Alaxapperuma va “Birlashgan milliy kuchlar” muxolifat partiyasi yetakchisi Sajit Premadasu da’vogarlik qilmoqda.
Parlament mamlakatning yangi prezidentini bir haftadan keyin, 20-iyul kuni aniqlaydi. G‘olib bo‘lgan nomzod mamlakatning 2024-yil noyabrigacha boshqaradi.
Yangi davlat rahbarining asosiy vazifalari apreldan buyon davom etib kelayotgan norozilik namoyishlarini to‘xtatish, fuqarolarni yoqilg‘i, oziq-ovqat va birinchi zaruriy tovarlar (aynan ular taqchilligi hozir inqirozni keltirib chiqardi) bilan ta’minlash hamda mamlakat iqtisodiyotini tiklashdan iborat bo‘ladi.