https://oz.sputniknews.uz/20220713/estoniya-sudi-sputnik-meedia-ofisidagi-tintuvni-noqonuniy-deb-topdi-26136272.html
Estoniya sudi Sputnik Meedia ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topdi
Estoniya sudi Sputnik Meedia ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topdi
Sputnik O‘zbekiston
Estoniya hukumati aprel oyida Cherishevani go‘yoki tinchlikka qarshi jinoyat sodir etish hamda xalqaro sanksiyalarni buzish gumoni bilan qo‘lga olgandi. 13.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-13T12:18+0500
2022-07-13T12:18+0500
2022-07-13T12:18+0500
dunyoda
estoniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26135987_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_e6e6d98f66ca26d3ca020909273640cf.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Sputnik Meedia sobiq rahbari Yelena Cherisheva Estoniya sudi uning uyi va Sputnik Meedia tahririyatining ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topganini ma’lum qildi.Cherisheva, shuningdek, Xaryu uyezd sudi uning himoyachisining unga shaxsiy mul-mulklarining bir qismini qaytarish to‘g‘risidagi shikoyatini qanoatlantirganini aytdi.Estoniya hukumati aprel oyida Cherishevani go‘yoki tinchlikka qarshi jinoyat sodir etish hamda xalqaro sanksiyalarni buzish gumoni bilan qo‘lga olgandi. Keyin undan mamlakatdan chiqib ketmaslik haqida tilxat olib qo‘yib yuborishdi.Cherisheva sudning 7-iyuldagi qaroridan voqealar xronologiyasini bilib olgan. Jumladan, 5-aprel kuni prokuratura vakili Taavi Pern tintuv o‘tkazishga ruxsat bergan. 6-aprel kuni Cherishevani qo‘lga olishgan, uning uyida tintuv o‘tkazishgan, turmush o‘rtog‘ini esa Sputnik Meedia sobiq ofisiga olib borishgan. Tintuvdan 16 soat o‘tib Cherishevani tergov izolyatoriga olib ketishgan.Jurnalist 12-aprel kuni prokuratura Tallin okrug sudiga Xaryu uyezdi sudining 8-apreldagi qarori ustidan shikoyat keltirgan, biroq Tallin sudi qarorni o‘zgartirishsiz qoldirgan.Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida Estoniyaning Sputnik Meedia nashri mahalliy bank va rasmiylarining bosimi va cheklovlari, shuningdek, xodimlariga tahdidlar tufayli o‘tkazilishiga duch kelgan va o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.Sputnik Meedia nashri Sputnik Estoniyaning sobiq xodimlari tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng, 2020-yilda mahalliy hukumat va politsiya tahdidlari tufayli yopilgan edi.Mavzuga oid:
estoniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26135987_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_4f9042f1936e6595b9fb343e76257d70.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, estoniya
Estoniya sudi Sputnik Meedia ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topdi
Estoniya hukumati aprel oyida Cherishevani go‘yoki tinchlikka qarshi jinoyat sodir etish hamda xalqaro sanksiyalarni buzish gumoni bilan qo‘lga olgandi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Sputnik Meedia sobiq rahbari Yelena Cherisheva Estoniya sudi uning uyi va Sputnik Meedia tahririyatining ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topganini ma’lum qildi.
Cherisheva, shuningdek, Xaryu uyezd sudi uning himoyachisining unga shaxsiy mul-mulklarining bir qismini qaytarish to‘g‘risidagi shikoyatini qanoatlantirganini aytdi.
Estoniya hukumati aprel oyida Cherishevani go‘yoki tinchlikka qarshi jinoyat sodir etish hamda xalqaro sanksiyalarni buzish gumoni bilan qo‘lga olgandi. Keyin undan mamlakatdan chiqib ketmaslik haqida tilxat olib qo‘yib yuborishdi.
Cherisheva sudning 7-iyuldagi qaroridan voqealar xronologiyasini bilib olgan. Jumladan, 5-aprel kuni prokuratura vakili Taavi Pern tintuv o‘tkazishga ruxsat bergan. 6-aprel kuni Cherishevani qo‘lga olishgan, uning uyida tintuv o‘tkazishgan, turmush o‘rtog‘ini esa Sputnik Meedia sobiq ofisiga olib borishgan. Tintuvdan 16 soat o‘tib Cherishevani tergov izolyatoriga olib ketishgan.
“8 aprel kuni prokuratura Xaryu uyezdi sudining dastlabki tergov sudyasiga tintuv uchun order va orderni joiz va asosli deb topishni so‘rab qo‘shimcha hujjatlarni yo‘llagan. Sudya tintuvni joiz deb topmagan. Sudning aniqlik kiritishicha, faoliyati jurnalistika maqsadlarida axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq shaxslarning uyida tintuv faqat dastlabki tergov sudyasi qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkazilishi mumkin”, - dedi Cherisheva RIA Novosti bilan suhbatda.
Jurnalist 12-aprel kuni prokuratura Tallin okrug sudiga Xaryu uyezdi sudining 8-apreldagi qarori ustidan shikoyat keltirgan, biroq Tallin sudi qarorni o‘zgartirishsiz qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida Estoniyaning Sputnik Meedia nashri mahalliy bank va rasmiylarining bosimi va cheklovlari, shuningdek, xodimlariga tahdidlar tufayli o‘tkazilishiga duch kelgan va o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Sputnik Meedia nashri Sputnik Estoniyaning sobiq xodimlari tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng, 2020-yilda mahalliy hukumat va politsiya tahdidlari tufayli yopilgan edi.