https://oz.sputniknews.uz/20220713/buxoroda-markaziy-osiyodagi-yirik-gaz-kimyo-majmuasi-quriladi-26139795.html
Buxoroda Markaziy Osiyodagi yirik gaz-kimyo majmuasi quriladi
Buxoroda Markaziy Osiyodagi yirik gaz-kimyo majmuasi quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Majmua MTO (metanoldan olefin olish) texnologiyasi asosidagi polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha respublikadagi eng yirik zavodga aylanadi. 13.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-13T14:05+0500
2022-07-13T14:05+0500
2022-07-13T14:05+0500
iqtisod
buxoro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26139641_0:62:1200:737_1920x0_80_0_0_b38435df9d6d1c24d1b4c82adb554931.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Buxoro viloyatida yangi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) quriladi. Erkin iqtisodiy zonada MTO texnologiyasi asosida qurilayotgan gaz-kimyo majmuasiga (GHK) asos solinadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.4 iyul kuni yakuniy mahsulot ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyali turdosh tarmoqlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan sanoat klasterini qurish boshlandi.MTO texnologiyasiga asoslangan Gaz-kimyo majmuasi “Qorako‘l” EIZning yirik ishtirokchisi va tabiiy gaz metanini qayta ishlash imkonini beruvchi MTO (metanoldan olefin olish) texnologiyasi asosidagi polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha respublikadagi eng yirik zavodga aylanadi.Korxonada O‘zbekiston bozori uchun yangi bo‘lgan polietilentereftalat (PET) va polipropilen (PP), shuningdek, etilenvinilatsetat (EVA) va past zichlikdagi polietilen (LDPE) ishlab chiqariladi.Majmua yiliga 730 ming tonnagacha polimer mahsulotlari ishlab chiqaradi va mamlakatdagi eng yirik polimer ishlab chiqaruvchi va metandan bunday materiallar ishlab chiqaradigan dunyodagi kam sonli korxonalardan biriga aylanadi.“Qorako‘l” EIZ rezidentlari uchun bir qator soliq, normativ va boshqa imtiyozlar nazarda tutilgan. Xususan, 10-yil muddatga mol-mulk va suv ta’minoti uchun soliq imtiyozlari, asbob-uskunalar va xomashoni bojsiz olib kirish huquqi berilgan. Shuningdek, aksizlar va daromad solig‘i 50 foizga kamaytirilib, boshqa imtiyozlar qo‘llaniladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26139641_68:0:1132:798_1920x0_80_0_0_df286f4ca42ee9c886f95470e0d8eb8c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, buxoro
Buxoroda Markaziy Osiyodagi yirik gaz-kimyo majmuasi quriladi
Majmua MTO (metanoldan olefin olish) texnologiyasi asosidagi polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha respublikadagi eng yirik zavodga aylanadi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Buxoro viloyatida yangi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) quriladi. Erkin iqtisodiy zonada MTO texnologiyasi asosida qurilayotgan gaz-kimyo majmuasiga (GHK) asos solinadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar bermoqda. 4 iyul kuni yakuniy mahsulot ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyali turdosh tarmoqlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan sanoat klasterini qurish boshlandi.
MTO texnologiyasiga asoslangan Gaz-kimyo majmuasi “Qorako‘l” EIZning yirik ishtirokchisi va tabiiy gaz metanini qayta ishlash imkonini beruvchi MTO (metanoldan olefin olish) texnologiyasi asosidagi polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha respublikadagi eng yirik zavodga aylanadi.
Korxonada O‘zbekiston bozori uchun yangi bo‘lgan polietilentereftalat (PET) va polipropilen (PP), shuningdek, etilenvinilatsetat (EVA) va past zichlikdagi polietilen (LDPE) ishlab chiqariladi.
Majmua yiliga 730 ming tonnagacha polimer mahsulotlari ishlab chiqaradi va mamlakatdagi eng yirik polimer ishlab chiqaruvchi va metandan bunday materiallar ishlab chiqaradigan dunyodagi kam sonli korxonalardan biriga aylanadi.
“Bu mamlakatimiz energetika sanoatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda yirik gaz-kimyo loyihalarini amalga oshirish uchun birinchi sanoat platformasini yaratishga xizmat qilmoqda. Klaster hudud rivojiga va 2300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi,” – deydi SEG bosh direktori o‘rinbosari, MTO loyiha menejeri M.Shakirov.
“Qorako‘l” EIZ rezidentlari uchun bir qator soliq, normativ va boshqa imtiyozlar nazarda tutilgan. Xususan, 10-yil muddatga mol-mulk va suv ta’minoti uchun soliq imtiyozlari, asbob-uskunalar va xomashoni bojsiz olib kirish huquqi berilgan. Shuningdek, aksizlar va daromad solig‘i 50 foizga kamaytirilib, boshqa imtiyozlar qo‘llaniladi.