https://oz.sputniknews.uz/20220712/tolibon-delegatsiyasi-toshkent-konferentsiyasida-ishtirok-etadi-norov-26112118.html
Tolibon* delegatsiyasi Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi – Norov
Tolibon* delegatsiyasi Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi – Norov
Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon”* harakati delegatsiyasi 25-26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ma’lum qildi, Sputnik muxbiri xabar berdi.
2022-07-12T12:25+0500
2022-07-12T12:25+0500
2023-04-05T18:38+0500
siyosat
afg‘oniston
o‘zbekiston
tolibon
moskva
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1357/61/13576133_0:156:3087:1892_1920x0_80_0_0_d23c6cb4e72f680067011ef8b8ac92fa.jpg
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. “Tolibon”* harakati delegatsiyasi 25-26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ma’lum qildi, Sputnik muxbiri xabar berdi.Uning ta’kidlashicha, toliblarning konferensiyada ishtirok etishi “biz ularni tan olishimizni anglatmaydi”.“Biz bu konferensiyani hozirgi hukumatga yetkazmoqchimiz... Bu ular tomonidan Toshkent yig‘ilishida qabul qilgan xalqaro majburiyatlari va u yerda imzolangan kelishuvlarni bajarilishini ta’minlashga qaratilgan”, — dedi Norov.25-26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi va unda 20 tadan ortiq davlat delegatsiyasi ishtirok etadi.2021 yil avgust oyi boshida Tolibon* afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirdi, 15-avgust kuni ular Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Afg‘onistonning o‘sha paytdagi prezidenti Ashraf G‘ani “qirg‘inning oldini olish uchun” mamlakatni tark etganini aytdi.31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi. Sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga “Tolibon”*ning birinchi hukmronligi davrida TIV rahbari bo‘lib ishlagan va 2001-yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund rahbar bo‘ldi.* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1357/61/13576133_179:0:2908:2047_1920x0_80_0_0_ae0aad2d015a1c2b64c8d4c9cb711951.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tolibon* delegatsiyasi toshkent konferensiyasida ishtirok etadi – norov
tolibon* delegatsiyasi toshkent konferensiyasida ishtirok etadi – norov
Tolibon* delegatsiyasi Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi – Norov
12:25 12.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Tolibon* delegatsiyasi Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi – Norov.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. “Tolibon”* harakati delegatsiyasi 25-26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ma’lum qildi,
Sputnik muxbiri xabar berdi.
“Biz bugun bu mamlakatda haqiqiy hukumat bo‘lgan “Tolibon* harakatidan delegatsiya kelishini kutmoqdamiz”, - dedi Norov Moskvadagi davra suhbatida.
Uning ta’kidlashicha, toliblarning konferensiyada ishtirok etishi “biz ularni tan olishimizni anglatmaydi”.
“Biz bu konferensiyani hozirgi hukumatga yetkazmoqchimiz... Bu ular tomonidan Toshkent yig‘ilishida qabul qilgan xalqaro majburiyatlari va u yerda imzolangan kelishuvlarni bajarilishini ta’minlashga qaratilgan”, — dedi Norov.
"Bizning pozitsiyalarimiz - Rossiya, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar – bir-biriga to‘g‘ri keladi: "Tolibon"* harakati o‘z majburiyatlarini bajarishi, bu mamlakatdagi barcha siyosiy, etnik va diniy guruhlarni o‘z ichiga olgan inklyuziv hukumat yaratishi kerak", - deb qo‘shimcha qildi u.
25-26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi va unda 20 tadan ortiq davlat delegatsiyasi ishtirok etadi.
2021 yil avgust oyi boshida Tolibon* afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirdi, 15-avgust kuni ular Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Afg‘onistonning o‘sha paytdagi prezidenti Ashraf G‘ani “qirg‘inning oldini olish uchun” mamlakatni tark etganini aytdi.
31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi. Sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga “Tolibon”*ning birinchi hukmronligi davrida TIV rahbari bo‘lib ishlagan va 2001-yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund rahbar bo‘ldi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida