Norov Rossiya MSK raisi bilan uchrashdi

© Press-slujba Sentralnoy izbiratelnoy komissii Rossiyskoy FederatsiiVstrecha i. o. ministra inostrannix del Uzbekistana Vladimira Norova i Predsedatelya Sentrizbirkoma (SIK) Rossii Elli Pamfilovoy
Vstrecha i. o. ministra inostrannix del Uzbekistana Vladimira Norova i Predsedatelya Sentrizbirkoma (SIK) Rossii Elli Pamfilovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2022
Obuna bo‘lish
Muzokaralar chog‘ida Vladimir Norov O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishga oid referendumga ko‘rilayotgan tayyorgarlik haqida so‘zlab berdi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Moskvada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Ella Pamfilovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. bu haqda Rossiya MSK matbuot xizmati xabar qildi.
Muzokaralar chog‘ida Vladimir Norov O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishga oid referendumga ko‘rilayotgan tayyorgarlik haqida so‘zlab berdi va Pamfilovaga xalqaro kuzatuvchilar delegatsiyasiga rahbarlik qilishni taklif qildi.
“Men shaxsan O‘zbekistonga borishga harakat qilaman. Har qanday holatda Rossiya MSK delegatsiyasi referendumda bo‘ladi. Sizga referendumni o‘tkazishda muvaffaqiyat tilayman”, - dedi Rossiya MSK raisi.
Pamfilova uchrashuv ishtirokchilariga mintaqalarda masofaviy elektron ovoz berish tizimidan foydalanish tajribasi va 11-sentabr kuni Moskvada munitsipal saylovlarda saylovchilarning elektron ro‘yxati qo‘llanishi kelajagi haqida gapirib berdi.
U MSK O‘zbekiston vakillari uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga oid seminar tashkil etishga tayyorligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0