Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Obuna bo‘lish
Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo ayladi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘lib, Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo ayladi.
Bu haqda vazirlik axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.
“Qayd etish joizki, Sindzo Abe Yaponiya tarixida eng uzoq muddat Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob bo‘lgan. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega bo‘lishda ham marhumning xizmatlari kattadir”, - deyilgan xabarda.
1/3
2/3
3/3
8 iyul kuni Sindzo Abe unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan so‘ng vafot etdi.
Sobiq bosh vazir Yaponiyaning Nara shahrida nutqi so‘zlayotgan vaqtida jinoyatchi orqa tomondan unga qo‘lbola quroldan ikki marta o‘q uzdi. Tajovuzdan so‘ng siyosatchi og‘ir ahvolda vertolotda kasalxonaga olib ketilgandi.
Yangiliklar lentasi
0