Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada 2ta avtomobil o‘tkazish punktini ochdi

© Sputnik / Anton KurilkinGruzovie avtomobili na kazaxsko-rossiyskoy granitse
Gruzovie avtomobili na kazaxsko-rossiyskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston O‘zbekiston va Rossiya bilan chegarada 12 ta avtomobil o‘tkazish punktini ochmoqda.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Qozog‘istonda koronavirus infetsiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya Rossiya va O‘zbekiston bilan davlat chegarasi orqali 12 ta avtomobil o‘tkazish punktlari faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga asosan.
12 iyuldan boshlab quyidagi punktlar o‘z ishini qayta tiklaydi:
▪️Rossiya bilan chegarada: "Kondibay", "Akbalshik", "Qizil Jar", "Naiza", "Jezkent", "Baitanat", "Koyanbay", "Orda", "Shagan", "Karashatau".
▪️ O‘zbekiston bilan chegarada: “Selinniy” (O‘zbekiston tomonidan “Oq oltin”) va “Sirdaryo” (O‘zbekiston tomonidan “Malik”).
Yangiliklar lentasi
0