https://oz.sputniknews.uz/20220711/qoraqalpogistonlik-abiturientlar-uchun-otmga-qabul-muddati-uzaytiriladi-26078777.html
Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi
Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘istondagi internet bilan bog‘liq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytirilishini ma’lum qildi.
2022-07-11T09:20+0500
2022-07-11T09:20+0500
2022-07-11T09:20+0500
jamiyat
qoraqalpog‘iston
otm
abituriyent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/11/20105036_0:156:3001:1844_1920x0_80_0_0_68061565b3253bc4c70a58b405fa8894.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘istondagi internet bilan bog‘liq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun OTMlarga qabul muddati uzaytiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Kecha, 10-iyul kuni, OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari hamda akademik litseylarga qabulning so‘nggi kuni edi. Ta’kidlanishicha, hozirda Qoraqalpog‘iston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.Qayd etilishicha, ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi va bu haqidagi ma’lumot qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi.Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazi veb-sayti orqali amalga oshiriladi.Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlash huquqi beriladi.Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkaziladi - DTMShuningdek, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/11/20105036_166:0:2833:2000_1920x0_80_0_0_8e0c9ccf0e68c0a61a0696e6dc756cf8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qoraqalpog‘iston abituriyentlar qabul muddati
qoraqalpog‘iston abituriyentlar qabul muddati
Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi
Oliy ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘istondagi internet bilan bog‘liq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytirilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘istondagi internet bilan bog‘liq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun OTMlarga qabul muddati uzaytiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Kecha, 10-iyul kuni, OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari hamda akademik litseylarga qabulning so‘nggi kuni edi. Ta’kidlanishicha, hozirda Qoraqalpog‘iston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.
“Ammo xavotirga o‘rin yo‘q. Bu jarayon hukumat tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, hozirda hujjat topshirishga ulgura olmagan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirilishi kutilmoqda”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi va bu haqidagi ma’lumot qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali va Davlat test markazi
veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlash huquqi beriladi.
Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.