https://oz.sputniknews.uz/20220711/norov-konstitutsiyaviy-islohot-davr-talabi-26098783.html
Norov: konstitutsiyaviy islohot – davr talabi
Norov: konstitutsiyaviy islohot – davr talabi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi.
2022-07-11T20:38+0500
2022-07-11T20:38+0500
2023-04-05T18:38+0500
siyosat
vladimir norov
o‘zbekiston tiv
moskva
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/02/25844283_0:33:1024:609_1920x0_80_0_0_10776f91b1888696d9356a0f2ad2433c.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Respublika elchixonasida nutq so‘zlagan tashqi siyosat idorasi rahbari mamlakatda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar masalasiga to‘xtaldi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.– Konstitutsiyaviy islohotlar – bu davr talabi, uni demokratik islohotlar mantig‘i taqozo etmoqda. Yangilangan konstitutsiya O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining mustahkam huquqiy asosini, kafolatini yaratishi kerak”.Vladimir Norov, shuningdek, avvalroq mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini eslatib o‘tdi.Yana bir muhim vazifa – oilaning iqtisodiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash, bolalar manfaatlarini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, inson salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir, dedi TIV rahbari.Tashrif doirasida Vladimir Norov Rossiya Davlat Dumasi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralarda bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/02/25844283_4:0:1020:762_1920x0_80_0_0_810c108dc0b464aa8eefd4a930ae585e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
norov: konstitutsiyaviy islohot – davr talabi
norov: konstitutsiyaviy islohot – davr talabi
Norov: konstitutsiyaviy islohot – davr talabi
20:38 11.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Respublika elchixonasida nutq so‘zlagan tashqi siyosat idorasi rahbari mamlakatda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar masalasiga to‘xtaldi, deb xabar beradi
Sputnik muxbiri.
“O‘zbekiston xalq turmush darajasini oshirish, innovatsion iqtisodiy o‘sishni mustahkamlash va mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lidan o‘z taraqqiyotining yangi mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘ydi, – dedi u.
– Konstitutsiyaviy islohotlar – bu davr talabi, uni demokratik islohotlar mantig‘i taqozo etmoqda. Yangilangan konstitutsiya O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining mustahkam huquqiy asosini, kafolatini yaratishi kerak”.
Vladimir Norov, shuningdek, avvalroq mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini eslatib o‘tdi.
“Konstitutsiya mazmunida inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lidagi g‘oyalarni chuqur joriy etish hamda “inson-jamiyat-davlat” yondashuvi taklif etilmoqda, ya’ni mavjud paradigma “davlat-jamiyat-inson” o‘rniga yangi paradigma joriy etilmoqda. Boshqacha aytganda, inson qadr-qimmatini yuksaltirish hukumat organlarining ustuvor vazifasi bo‘lishi kerak”, - dedi vazir.
Yana bir muhim vazifa – oilaning iqtisodiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash, bolalar manfaatlarini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, inson salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir, dedi TIV rahbari.
Tashrif doirasida Vladimir Norov Rossiya Davlat Dumasi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralarda bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.