O‘zbekiston jamoasi Budapeshtdagi “Katta dubulg‘a” turnirini 2 ta medal bilan yakunladi

© Foto: NOK UzbekistanaRaximjon Subxonov
Raximjon Subxonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2022
Obuna bo‘lish
Vengriya poytaxtida 8-10 iyul kunlari dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi Budapeshtdagi “Katta dubulg‘a” turnirini bitta kumush va bronza medali bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqa 8-10 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda yetti nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida +100 kg vazn toifasidagi mamlakat vakili Shohrux Baxtiyorov bronza medali uchun kurashdi. Finlyandiyalik Marti Pumalaynenga qarshi tatamiga chiqqan Baxtiyorov ajoyib harakatlari bilan g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi va bronza medaliga ega chiqdi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaShoxrux Baxtiyorov - uzbekistanskiy dzudoist.
Shoxrux Baxtiyorov - uzbekistanskiy dzudoist. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2022
Shoxrux Baxtiyorov - uzbekistanskiy dzudoist.
Ushbu natija bilan sportchi o‘z hisobiga jahon reytingi uchun 500, Parij-2024 yo‘lida 250 reyting ochkosini yozib qo‘ymoqda.
Kuni kecha o‘zbekistonlik dzudochi Rahimjon Subhonov kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa, ikkinchi tarkib bilan tashrif buyurgan terma jamoa ushbu musobaqani bittadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi.
Yangiliklar lentasi
0