https://oz.sputniknews.uz/20220711/er-shari-aholisi-noyabrda-8-milliardga-kishiga-etadi--bmt-26091516.html
Yer shari aholisi noyabrda 8 milliard kishiga yetadi – BMT
Yer shari aholisi noyabrda 8 milliard kishiga yetadi – BMT
Sputnik O‘zbekiston
Yaqin yillarda Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat bo‘lishi kutilmoqda. 11.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-11T16:21+0500
2022-07-11T16:21+0500
2022-07-11T17:29+0500
dunyoda
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0b/26091357_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_c3609731cc076e77f925e04c16aa99a8.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Yer shari aholisi soni 2022-yil noyabriga kelib 8 milliard kishiga yetadi. BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti shunday prognozni taqdim etdi.Ta’kidlanishicha, dunyo aholisi soni o‘sishda davom etmoqda, biroq o‘sish sur’atlari sekinlashmoqda. 2020-yilda o‘sishning global sur’atlari ilk bor 1950-yildan buyon yiliga 1 foizdan pastga tushgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilda dunyo aholisi taxminan 8,5 milliard kishiga ko‘payishi mumkin. 2050-yilga kelib Yer aholisi soni 9,7 milliardga, 2100-yilga kelib esa 10,4 milliardga yetishi taxmin qilinmoqda.2050 yilga kelib dunyo aholisining prognoz qilinayotgan o‘sishining yarmidan ko‘pi sakkizta davlatda, jumladan, Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya hissasiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.Shuningdek, taxminan 2027-yilda Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat bo‘lishi kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0b/26091357_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4c427c73d1b713db6f27333bbbf793f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, bmt
Yer shari aholisi noyabrda 8 milliard kishiga yetadi – BMT
16:21 11.07.2022 (yangilandi: 17:29 11.07.2022) Yaqin yillarda Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Yer shari aholisi soni 2022-yil noyabriga kelib 8 milliard kishiga yetadi. BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti shunday prognozni taqdim etdi.
“Prognozlarga ko‘ra, 2022-yil 15-noyabriga kelib dunyo aholisi soni 8 milliard kishiga yetadi”, - deyiladi hujjatda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Ta’kidlanishicha, dunyo aholisi soni o‘sishda davom etmoqda, biroq o‘sish sur’atlari sekinlashmoqda. 2020-yilda o‘sishning global sur’atlari ilk bor 1950-yildan buyon yiliga 1 foizdan pastga tushgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilda dunyo aholisi taxminan 8,5 milliard kishiga ko‘payishi mumkin. 2050-yilga kelib Yer aholisi soni 9,7 milliardga, 2100-yilga kelib esa 10,4 milliardga yetishi taxmin qilinmoqda.
2050 yilga kelib dunyo aholisining prognoz qilinayotgan o‘sishining yarmidan ko‘pi sakkizta davlatda, jumladan, Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya hissasiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.
Shuningdek, taxminan 2027-yilda Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat bo‘lishi kutilmoqda.