“WizzAir Abu Dhabi” Toshkent va Samarqandga arzon reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A321 neo aviakompanii Wizz Air Abu Dhabi, arxivnoe foto
Samolet Airbus A321 neo aviakompanii Wizz Air Abu Dhabi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna bo‘lish
“WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi kam budjetli narxlarda O‘zbekiston shaharlariga parvoz yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. “WizzAir Abu Dhabi” loukosteri joriy yilning 4-choragidan boshlab Abu-Dabidan Toshkent va Samarqandga reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Shuhrat Vafoyevning “WizzAir Abu Dhabi” (BAA) boshqaruvchi direktori Maykl Berlui boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralari chog‘ida ma’lum qilindi.
“Aviakompaniyaning Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi va Abu-Dabi – Samarqand – Abu-Dabi yo‘nalishlarida har bir yo‘nalish bo‘yicha haftasiga 4 reysdan iborat muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ahamiyati va dolzarbligi alohida ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi rahbariyati kam budjetli narxlarda parvoz yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashgan. Hususan, yangi reyslarning ishga tushirilishi BAA va O‘zbekiston o‘rtasida havo transportiga bo‘lgan talabni qondiradi, chiptalarning ommabopligini ta’minlaydi, ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchilar tashish hajmini ko‘paytiradi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning turizm salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun: “WizzAir Abu Dhabi” – Abu Dabi xalqaro aeroportida joylashgan kam budjetli aviakompaniya, Birlashgan Arab Amirliklarining ADQ davlat investitsiya kompaniyasi hamda "Wizz Air Holdings" xalqaro xolding tomonidan tashkil etilgan qo‘shma korxonasidir.
Yangiliklar lentasi
0