Samarqand-Moskva samolyoti texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qaytdi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishPassajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy
Passajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna bo‘lish
Hozir Sukhoi Superjet 100 layneri aeroportning zaxira yo‘lagida turibdi. Uning bortida bo‘lganlar jabrlanmagan.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. “Rossiya” aviakompaniyasining Sukhoi Superjet 100 samolyoti 10-iyul, yakshanba kuni ertalab Samarqanddan Moskvaga uchdi, biroq texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qaytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Rossiya” aviakompaniyasining FV-6552 reysi bugun jadval bo‘yicha soat 07:17 da Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga uchdi. Texnik sabablarga ko‘ra ekipaj aeroportga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qildi va soat 9:00 da kelib qo‘ndi”, - deya ma’lum qilgan Samarqand aeroporti xodimi.
Aniqlik kiritilishicha, hozir Sukhoi Superjet 100 layneri aeroportning zaxira yo‘lagida turibdi, uning bortida bo‘lganlar jabrlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0