https://oz.sputniknews.uz/20220710/milliy-gvardiya-ijtimoiy-tarmoqlarda-tarqalayotgan-feyk-xabardan-ogohlantirdi-26070647.html
Milliy gvardiya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan feyk xabardan ogohlantirdi
Milliy gvardiya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan feyk xabardan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Nukusdagi shifoxonada yotgan chaqaloq o‘qdan yaralanganligi aytilgan yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. 10.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-10T13:58+0500
2022-07-10T13:58+0500
2022-07-10T13:58+0500
jamiyat
milliy gvardiya
qoraqalpog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1319/99/13199931_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_9b460c35171d52110e2abf2f1b517d12.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarga oid turli yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda. Ularda shifoxonada yotgan chaqaloq o‘qdan yaralanganligi aytilgan.Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mas’ul xodimlar Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga borib, bu xabarni o‘rganishgan. Navbatchi shifokor jarroh Boburbek Tilmurodov tarqatilgan surat va unga berilgan izoh noto‘g‘ri ekanligini aytib, bunday jarohat olgan chaqaloq shifoxonada umuman qayd etilmaganini tasdiqlagan.“Hurmatli fuqarolar, g‘araz niyatda bo‘lgan ayrim shaxslar tomonidan tarqatilayotgan bu kabi noto‘g‘ri xabarlarga ishonib qolmang”, - deyilgan xabarda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1319/99/13199931_329:0:3060:2048_1920x0_80_0_0_03e4eef847effc0f20ffb77590c11cef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, milliy gvardiya, qoraqalpog‘iston
jamiyat, milliy gvardiya, qoraqalpog‘iston
Milliy gvardiya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan feyk xabardan ogohlantirdi
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Nukusdagi shifoxonada yotgan chaqaloq o‘qdan yaralanganligi aytilgan yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarga oid turli yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda. Ularda shifoxonada yotgan chaqaloq o‘qdan yaralanganligi aytilgan.
Milliy gvardiya matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, mas’ul xodimlar Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga borib, bu xabarni o‘rganishgan. Navbatchi shifokor jarroh Boburbek Tilmurodov tarqatilgan surat va unga berilgan izoh noto‘g‘ri ekanligini aytib, bunday jarohat olgan chaqaloq shifoxonada umuman qayd etilmaganini tasdiqlagan.
“Hurmatli fuqarolar, g‘araz niyatda bo‘lgan ayrim shaxslar tomonidan tarqatilayotgan bu kabi noto‘g‘ri xabarlarga ishonib qolmang”, - deyilgan xabarda.