Koronavirusni hozir boshqa O‘RVIdan deyarli ajratib bo‘lmaydi –Rospotrebnadzor eksperti

© AFP 2023 / LIONEL BONAVENTUREOmikron-shtamm koronavirusa
Omikron-shtamm koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyalik ekspert koronavirusni hozir boshqa O‘RVIdan deyarli ajratib bo‘lmay qolganini aytdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Koronavirusni hozir belgilari va kasallik kechishiga ko‘ra boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalardan (O‘RVI) deyarli ajratib bo‘lmaydi. Bu haqda Rospotrebnadzorning Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti klinik-tahliliy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya ma’lum qildi.
“Kovidni hozir belgilari va kasallik kechishiga ko‘ra boshqa O‘RVIdan deyarli ajratib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, u turli autoimmun kasalliklari, teri, o‘pka, tayanch-harakat apparati, yurak qon-tomir tizimining turli asoratlari rivojlanishi kasalliklari zo‘rayishi va manifestatsiyasini keltirib chiqarib, ayyorligicha qolmoqda”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, qayta tiklanishga sayr qilish, nafas olish mashqlari, yangi uzilgan meva va sabzavotlar yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0