Boris Jonson iste’fodan keyin siyosatdan ketishi mumkin – OAV

© AP Photo / Alberto PezzaliPremyer-ministr Boris Djonson na Dauning-strit, 10 posle zayavleniya ob otstavke
Premyer-ministr Boris Djonson na Dauning-strit, 10 posle zayavleniya ob otstavke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Jonson unga 2016-yilgacha daromad keltirgan publitsistik faoliyatiga va ma’ruza o‘qishga qaytishi mumkin.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Iste’foga chiqishini e’lon qilgan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson siyosatni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya yozadi “The Telegraph” nashri.
Nashr manbalariga ko‘ra, Jonson hozircha deputatlik mandatidan voz kechmoqchi emas, biroq ayni paytda o‘zidan oldingi bosh vazir Tereza Mey kabi jamoatlar palatasida qolish-qolmasligiga ishonchi komil emas.
Ta’kidlanishicha, Jonson unga 2016-yilgacha daromad keltirgan publitsistik faoliyatiga va ma’ruza o‘qishga qaytishi mumkin. Manbalardan biri Jonson bu haqda shu dam olish kunlari o‘ylab ko‘rishini aytgan. Hozircha u biror bir qaror qabul qilgani yoki yo‘qligi ma’lum emas.
Aprel oyida Jonson koronavirus pandemiyasi davrida Dauning-stritdagi bazmlar bilan bog‘liq janjallarga qaramay, u bosh vazir kursisida qolishi va 2024-yilga belgilangan navbatdagi parlament saylovlarida qatnashishi mumkinligiga ishonch bildirgan edi.
Biroq 7-iyul kuni, Britaniya hukumati a’zolarining ommaviy iste’foga chiqishi ortidan, u konservatorlar partiyasi rahbari va bosh vazir lavozimlarini tark etishini e’lon qildi. Jonson partiya yangi yetakchini saylamaguncha o‘z lavozimida qoladi.
Yangiliklar lentasi
0