https://oz.sputniknews.uz/20220709/tez-yordamga-qancha-chaqiriq-kelib-tushgani-malum-qilindi-26057965.html
Tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani ma’lum qilindi
Tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2022-yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani ma’lum qilindi.
2022-07-09T16:48+0500
2022-07-09T16:48+0500
2022-07-09T17:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1c/16092355_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_20867c971275cd7addb3650828e48983.jpg
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022-yilning 6 oyi mobaynida 103 xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar soni haqida ma’lumot berdi.Qayd etilishicha, yanvar—iyun oylarida mamlakat bo‘yicha tez yordamga jami 6 million 245 ming 280 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 570 ming 817 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan. Eng ko‘p murojaat Farg‘ona (719 341 ta), Andijon (666 206 ta), Toshkent viloyati (623 095 ta) va Toshkent shahri (622 578 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning yanvar—iyun oylarida fuqarolardan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 5 million 811 ming 380 ta chaqiriq kelib tushgan."Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida tez yordamga koronavirusga chalingan va kasallikka gumon qilingan bemorlar bo‘yicha 11 ming 157 ta chaqiriq kelib tushdi. So‘nggi haftalarda yurtimizda kasallanish holatlari va 103 xizmatiga murojaatlar soni ortishi kuzatilmoqda. Shu bois ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab ixchamlashtirilgan tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etilyapti. Bu esa chaqiruv manzillariga o‘z vaqtida yetib borish va kechikishlarning oldini olishga xizmat qiladi", — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yuldashev.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1c/16092355_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_67bfc33e0e76a329d5d4cb8f526f2367.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani ma’lum qilindi
tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani ma’lum qilindi
Tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani ma’lum qilindi
16:48 09.07.2022 (yangilandi: 17:40 09.07.2022) O‘zbekistonda 2022-yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022-yilning 6 oyi mobaynida 103 xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar soni haqida
ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, yanvar—iyun oylarida mamlakat bo‘yicha tez yordamga jami 6 million 245 ming 280 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 570 ming 817 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan. Eng ko‘p murojaat Farg‘ona (719 341 ta), Andijon (666 206 ta), Toshkent viloyati (623 095 ta) va Toshkent shahri (622 578 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning yanvar—iyun oylarida fuqarolardan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 5 million 811 ming 380 ta chaqiriq kelib tushgan.
"Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida tez yordamga koronavirusga chalingan va kasallikka gumon qilingan bemorlar bo‘yicha 11 ming 157 ta chaqiriq kelib tushdi. So‘nggi haftalarda yurtimizda kasallanish holatlari va 103 xizmatiga murojaatlar soni ortishi kuzatilmoqda. Shu bois ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab ixchamlashtirilgan tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etilyapti. Bu esa chaqiruv manzillariga o‘z vaqtida yetib borish va kechikishlarning oldini olishga xizmat qiladi", — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yuldashev.