Sindzo Abe suiqasd oqibatida vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishVostochniy ekonomicheskiy forum. Den vtoroy
Vostochniy ekonomicheskiy forum. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe Nara shahrida uyushtirilgan suiqasd oqibatida vafot etdi.
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. Sindzo Abe unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan so‘ng vafot etdi, deb xabar bermoqda Yaponiya telekanali.
Sobiq bosh vazir Yaponiyaning Nara shahrida nutqi so‘zlayotgan vaqtida jinoyatchi orqa tomondan unga qo‘lbola quroldan ikki marta o‘q uzgan. Tajovuzdan so‘ng siyosatchi og‘ir ahvolda vertolotda kasalxonaga olib ketilgan edi.
Politsiya jinoyatchini voqea joyida qo‘lga olgan. U 41 yoshli Tetsuya Yamagami ismli fuqaro, sobiq dengiz piyoda askari bo‘lib chiqdi. Dastlabki so‘rovlarga ko‘ra, u sobiq bosh vazir Sindzo Abe olib borgan siyosatidan norozi bo‘lgan va shu sababli uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, suiqasd Sindzo Abening saylovoldi kampaniyasi vaqtida uyushtirilgan. Yaponiya uchun bu "haqiqiy varvarlik", deb yozmoqda mahalliy gazetalar.
Sindzo Abe - 67 yoshda edi. U 2020-yil sentabrida bosh vazirlik lavozimini o‘z ixtiyori bilan tark etdi. U vazirlar mahkamasiga 3188 kun rahbarlik qildi - bu Yaponiyaning urushdan keyingi tarixidagi o‘zidan oldingi prezidentlar orasida eng uzun davr bo‘ldi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Sindzo Abe rahbarlik davri Rossiya - Yaponiya munosabatlarining eng iliqlashgan davri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0