O‘zbekistondan xorijga migratsiya oqimi saqlanib qoladi - mutaxassis

© Ministerstvo zanyatosti i trudovix otnosheniy UzbekistanaTrudovie migranti vozvrashayutsya domoy
Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mehnat bozoriga har yili 600 mingga yaqin fuqaro kirib keladi, xorijiy davlatlarda esa qo‘shimcha ishchi kuchiga ehtiyoj bor.
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. Kelgusi yillarda O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga mehnat migratsiyasi oqimi saqlanib qolishi ehtimoli yuqori, deydi Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov.
“Bizga kelajakda xorijda ishlaydigan o‘zbekistonliklar soni ortishi yo kamayishi borasida ko‘plab savollar beriladi. Barchasiga aniq to‘xtalib javob berishga harakat qilaman”, deydi mutaxassis.
Birinchidan, O‘zbekistonda demografik ko‘rsatkichlar yuqori. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili mehnat bozoriga 600 mingga yaqin fuqaro kirib keladi. Albatta ish bilan ta’minlash uchun bu katta raqam ekanligi aytildi.
Ikkinchidan, xorijiy davlatlar, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda ishchi kuchiga ehtiyoj katta. Masalan, birgina Germaniyada 1,5 mln xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Shuning uchun yaqin yillarda migratsiya oqimi saqlanib qolishi mumkin.
Xususan, 2022-yilning 6 oyi davomida xorijda ishlash istagini bildirgan kasb-hunar muassalarida tahsil olgan 5838 nafar fuqarolar xorijiy ish beruvchilarning tanlovlariga jalb qilinib, shundan 1782 nafari xorijiy mamlakatlarda bandligi ta’minlandi.
Xorijda ishlayotgan fuqarolarning 24 foizi ayollar, 35 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etadi.
Samarali hamkorlik
“O‘zbekiston fuqarolarini soddalashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga jalb qilish bo‘yicha “pilot” loyihasi davom etmoqda, bu ancha samarali loyiha bo‘ldi”, deydi mutaxassis.
“Pilot” loyihasi Rossiyada ishlash uchun talab etiladigan ruxsatnoma hujjatlarni rasmiylashtirishda fuqarolarning vaqt va mablag‘ini tejaydi.
Shuningdek, tibbiy ko‘rik va chegaradan kirishda taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirish tadbirlarining Toshkentda amalga oshirilayotgani fuqarolarda surunkali kasallik aniqlanganda patent rad etilib, O‘zbekistonga qaytishi va taqiq aniqlanganda chegaradan qaytishi kabi holatlarni oldini oladi.
Qo‘shimcha ta’lim va ish izlovchilarning elektron bazasi
Bir vaqtning o‘zida fuqaro labormigration.uz dasturiy majmuasidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, ish izlovchilar elektron bazasiga qo‘shib qo‘yiladi.
“Hozirgi kunda mehnat migrantlari o‘quv ishlab chiqarish komplekslarida qurilish, kasb-hunar va chet tillari yo‘nalishlarida jami 20 dan ortiq kasb va 7 ta xorijiy tillar bo‘yicha tahsil olmoqdalar”, deydi Norov.
Prezidentning 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qarori asosida respublikaning barcha hududlarida jami 14 ta monomarkaz va 30 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilgan.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-sonli qaroriga muvofiq fuqarolarni xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oshirishida bir qator topshiriqlar va tartib-tamoyillar berib o‘tilgan.
Ushbu maqsadda, xorijga ketish oldidan fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mintaqaviy filialiga murojaat qilib, Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan vaqtincha ishsiz deb e’tirof etilgani holda band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi monomarkaz yoki boshqa o‘quv markazlariga yo‘llanma oladi.
Kerak bo‘lganda, mehnat migrantlarini xorijga ishlash uchun ketishi oldidan kasb-hunar va chet tillaridan ta’lim olishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0