Neft va gaz sohasida ta’lim klasteri tashkil etildi

© Uxtinskiy gosudarstvenniy texnicheskiy universitetStudent napravleniya "Neftegazovoe delo" v Uxtinskom gosudarstvennom texnicheskom universitete
Student napravleniya Neftegazovoe delo v Uxtinskom gosudarstvennom texnicheskom universitete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar bakalavriat va magistraturada tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida maqsadli o‘qitiladi.
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda neft va gaz sohasidagi ta’lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi. Bu bo‘yicha prezident PQ–309-sonli qarorni imzoladi.
Neft va gaz sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash ta’lim klasterining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ta’lim klasteri doirasida maktab o‘quvchilari ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yo‘naltiriladi.
Shu maqsadda:
aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv rejasi joriy qilinadi;
ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
fan va mavzular amaliyotga yo‘naltiriladi;
talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari shakllantiriladi;
xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.
2022/2023 o‘quv yilidan Ta’lim klasteri tarkibiga kiruvchi professional va oliy ta’lim tashkilotlaridagi o‘quvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi.
Shuningdek, OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida maqsadli o‘qitish tartibi joriy etiladi.
O‘qishga ishlab chiqarish korxonalarida kamida 5-yil ish stajiga ega xodimlar “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan berilgan tavsiyanomasi asosida qabul qilinadi. Bunda talaba ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiydi va keyinchalik o‘zi ishlab turgan korxonada kamida 3-yil ishlab berishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0