Yangi dunyo tartibi: Rossiya bug‘doyi rublda Moskva birjasi orqali sotiladi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishCosecha de trigo en Rusia
Cosecha de trigo en Rusia - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna bo‘lish
Bundan buyon Rossiya bug‘doyi milliy tovar birjasida sotiladi. Rossiya va bug‘doyni import qiluvchi davlatlar o‘rtakashlardan xalos bo‘ladi.
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Biz hayratlanarli bir davrda yashayapmiz: Amerikaning dunyoda yetakchiligini ta’minlab turgan ustunlar ko‘z oldimizda birin ketin qulamoqda, deb yozadi RT muallifi Sergey Kolyasnikov.
Eng yangi misol - Rossiya don mahsulotlarining rublda sotish boshlanishi.
Rossiya dunyodagi eng yirik bug‘doy eksportchisi bo‘lsa-da, shu kunga qadar o‘zining don birjasi yo‘q edi. O‘nlab yillar davomida uni tashkil etishga bo‘lgan ko‘plab urunishlarga qaramasdan, har safar qandaydir sababga ko‘ra bu amalga oshmay kelayotgan edi.
Agar bir jahon don bozorida bir yarim asir davomida yetakchilik qilib kelayotgan kompaniyalarga nazar solsak, buning sababini tushunish mumkin. Bu kompaniyalarning ba’zilarining tarixi paydo bo‘lganiga bir yarim asrdan ko‘p vaqt bo‘lgan: ADM (AQSh), Bunge(AQSh), Cargill (AQSh) va Louis Dreyfus (Niderlandiya). Rossiyada o‘z don birjasi paydo bo‘lishi kimga zarar keltirishi endi tushunarli bo‘ldi...
2022 yil 30-mart kuni Don eksportchilari ittifoqi Rossiya donining xorijiy xaridorlari eksport shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni rublda amalga oshirish imkoniyatlarini ishlab chiqish iltimosi bilan Markaziy bankka murojaat qilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Turkiya allaqachon bunday o‘tishga tayyorligini namoyish etayotgan edi.
Shunday qilib, Rossiya banki birinchi Rossiya tovar indeksini - bug‘doy uchun birja indeksini tasdiqladi. Xo‘sh, u aslida nima uchun kerak?
Masalan, xorijdan olinayotgan birja axborotlarini (Chikago tovar birjasi yoki Fransiyaning xalqaro fuchers bozori) o‘rnini bosish uchun. Yoki don bozorida narxlar paydo bo‘lishini shaffof va tushunarli qilish uchun. Bundan buyon Rossiya bug‘doyining narxi AQSh yoki YeIda emas - Rossiyaning o‘zidan shakllanadi.
Yana bir muhim jihati - Rossiya va bug‘doyni import qiluvchi davlatlar orasida o‘rtakashlardan xalos bo‘ladi. Bundan buyon Rossiya bug‘doyi milliy tovar birjasida sotiladi. Turkiya bilan allaqachon 3 milliard rubllik shartnoma imzolangan.
Rossiyaning o‘z bug‘doyini o‘zi sotish va daromad olish istagi AQSh va Yevropa Ittifoqining katta qarshiliklariga sabab bo‘lishi shubhasiz. Va biz hozir "Katta yettilik" tomonidan Rossiya energiya resurslariga maksimal narxlarni belgilash haqidagi ochiq-oydin ahmoqona bayonotlarni eshitganimizdek, ular o‘zlarining g‘allalarini sotishda bizga qarshi chiqishga harakat qilishadi.
Ammo hozirdanoq shunisi ma’lumki, AQSh va Yevropa Ittifoqi bir vaqtning o‘zida juda ko‘p sohalarda Rossiyaga qarshi "urush ochib" unining suverenitetini bo‘g‘ib qo‘yishga harakat qilishdi. Lekin G‘arbning ushbu yo‘nalishdagi barcha sa’y harakatlari bekor ketishi hozirdanoq aniq.
Yangiliklar lentasi
0