Toshkent xalqaro moliya markaz sifatida rivojlanadi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Pamatnik Amiru Timuru
Tashkent. Pamatnik Amiru Timuru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar tomonidan jahon andozalari va infratuzilmasiga ega xalqaro moliya markazini poytaxtda tashkil etish taklif etilmoqda.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Toshkentda xalqaro moliya markazga alyntiriladi. Bu haqida poytaxtda bo‘lib o‘tayotgan “Toshkentda xalqaro moliya markazini tashkil etish: rivojlanish modeli va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari” strategik sessiyasida ma’lum bo‘ldi.
Xalqaro moliya markazining asosiy maqsadi investorlarni jalb etish va O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini ilgari surishdan iborat.
Bundan tashqari, loyiha mamlakatda xalqaro banklar, moliya institutlari, yuridik, konsalting va investitsiya kompaniyalariga qulay faoliyat yuritish imkonini beradigan noyob moliyaviy va huquqiy ekotizimni yaratishga qaratilgan.
“Biz Toshkentni xalqaro moliya markazi sifatida rivojlantirish, uning faoliyat yo‘nalishi va ixtisoslashuvining konseptual modellarini shakllantirganmiz va uni taqdim etishdan mamnunmiz. Markaz tashkil etish masalasi murakkab ekanini tushunamiz. Shuningdek, u moliya bozori, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, O‘zbekistonning soliq va huquqiy tizimi, shahar infratuzilmasi masalalari bilan bog‘liq. Va buni faqat birgalikda hal qilish mumkin”, deydi Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish bo‘yicha maslahat guruhi eksperti Alena Dolgova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda XMMlar joylashgan mamlakatda global investorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlarning ko‘p funksiyali platformalari hisoblanadi.
Mutaxassislar jahon andozalari va infratuzilmasiga ega aynan shunday markazni Toshkentda tashkil etishni taklif qilmoqda.
Bugungi kunda dunyoda 120 ga yaqin bunday markazlar mavjud. Toshkent xalqaro moliya markazi Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0