https://oz.sputniknews.uz/20220707/ozarbayjon-qoraqalpogistonda-korilayotgan-chora-tadbirlarni-qollab-quvvatladi-25982239.html
Ozarbayjon Qoraqalpog‘istonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi
Ozarbayjon Qoraqalpog‘istonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi
Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda tinchlik ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Jeyxun Bayramov.
2022-07-07T13:52+0500
2022-07-07T13:52+0500
2022-07-07T13:52+0500
jamiyat
ozarbayjon
o‘zbekiston
qoraqalpog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/03/25863509_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_2a0ba1b96ca7b172070a7eca35076f3d.jpg
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Qoraqalpog‘istonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqida mamlakat tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov 6-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi. Bundan tao‘shqari, suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni jadallashtirishga tomonlarning tayyorligi tasdiqlangan.Vazirlar kelgusi tadbirlar jadvali, shu jumladan Toshkent shahrida "O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya" shaklidagi uch tomonlama uchrashuv tashkil etish yuzasidan kelishib olgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/03/25863509_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_dc96125107549baf5c7ca764220d1e34.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ozarbayjon qoraqalpog‘istonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi
ozarbayjon qoraqalpog‘istonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi
Ozarbayjon Qoraqalpog‘istonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi
Qoraqalpog‘istonda tinchlik ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Jeyxun Bayramov.
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Qoraqalpog‘istonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqida mamlakat tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov 6-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan bo‘lgan suhbatda
ma’lum qildi. “Jeyxun Bayramov Qoraqalpog‘istonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi qayd etildi”, deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.
Bundan tao‘shqari, suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni jadallashtirishga tomonlarning tayyorligi tasdiqlangan.
Vazirlar kelgusi tadbirlar jadvali, shu jumladan Toshkent shahrida "O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya" shaklidagi uch tomonlama uchrashuv tashkil etish yuzasidan kelishib olgan.